FOYDALANILGAN BOSHQA BELGILAR

QILMASLIGINGIZ kerak bo'lgan narsalarni bildiradi.

BO'LAKLAMASLIGINGIZ kerak bo'lgan narsalarni bildiradi.

TEGMASLIGINGIZ kerak bo'lgan narsalarni bildiradi.

Amal qilishingiz kerak bo'lgan narsalarni bildiradi.

Vilkani rozetkadan uzishingiz kerakligini ko'rsatadi.

Elektr toki urishi oldini olish uchun yerga ulash kerakligini ifodalaydi.

Ushbu belgi xizmat ko'ratuvchi mutaxassis tomonidan xizmat ko'rsatilishi tavsiya qilinishini bildiradi.

Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun bu yerga joylashtirilgan.

Iltimos, ularga qat'iy amal qiling. Ushbu bo'limni o’qib chiqqandan keyin sizga keyinchalik kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni qidirish uchun uni ishonchli joyda saqlang.

Sovutgich foydalanishdan avval ushbu qo'llanmaga muvofiq tarzda to'g'ri o'rnatilishi va joylashtirilishi kerak.

Ushbu mashinadan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan maqsadlardagina foydalaning.

Biz ushbu sovutgichga ko'rsatiladigan har qanday texnik xizmatning malakali shaxs tomonidan bajarilishini qat'y ravishda tavsiya qilamiz.

Sovutish vositasi sifatida R-600a yoki R-134a dan foydalanilishi mumkin. Ushbu sovutgichda qaysi sovutish vositasidan foydalanilganligini ko'rish uchun sovutgichning orqa panelidagi kompressor yorlig'iga yoki mizlatgichning ichki qismida joylashgan texnik xususiyatlari ko'rsatilgan yorliqqa qarang.

R-600a sovutish moddasi atrof muhit xavfsizligiga zarar yetkazmaydigan tabiiy gazdir, lekin u – yonuvchan. Sovutgich bir joydan ikkinchi joyga tashilayotganda

va o'rnatilayotganda sovutish tizimining hech qayeri shikastlanmasligini ta'minlash uchun ehtiyot choralari ko'rilishi lozim.

Naychalardan chiqayotgan sovutish moddasi yonib ketishi yoki ko'zni jarohatlashi mumkin. Agar suyuqlik oqayotganini ko'rib qolsangiz, olovdan saqlaning yoki

texnika xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar _03

DA99-02318Q-14.indb 03

15. 5. 12. ￿￿ 9:08