-Elektr qismlaridagi izolyatsiyaning shikastlanishi elektr toki urishi yoki yong'inga olib kelishi mumkin.

Sovutgichni bevosita quyosh nuri tushadigan yerga joylashtirmang yoki pechka, xona isitgichlari yoki boshqa jihozlar issig'iga yaqin qo'ymang.

Bir qancha jihozni bitta elektr quvvati tarmog'i rozetkalar uyasiga ulamang. Sovutgich har doim alohida elektr rozetkasiga ulangan turishi, undagi quvvat kuchlanishi pasport yozuvida qayd etilgan kuchlanishga mos kelishi kerak.

-Bu hol yaxshi ishlashni ta'minlaydi, shuningdek, qizib ketgan simlardan yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin bo'lgan uy elektr simlariga oshiqcha yuk tushishi oldini oladi.

Elektr manbaiga ulash shnuri vilkasining sovutgichning orqa paneli tomonidan qisib qolinmaganligi yoki shikastlanmaganligiga ishonch hosil qiling.

Elektr manbaiga ulash shnurini bukmang yoki uning ustiga og'ir buyumlarni qo'ymang.

-Bu yong'in chiqish xavfini tug'diradi.• Agar elektr quvvati kabeli eskirib ketgan yoki shikastlangan

bo'lsa, uni tuzattiring yoki ishlab chiqaruvchi va yoki uning xizmat ko'rsatuvchi xodimiga almashtirishni so'rab murojaat qiling.

Butun uzunligi yoki uchlarida yoriqlar yoki ishqalanishdan hosil bo'lgan shikastlanishlar bo'lgan shnurdan foydalanmang.

Agar elektr quvvati kabeli shikastlangan bo'lsa, ishlab chiqaruvchi va yoki xizmat ko'rsatuvchi xodimiga aytib, uni almashtiring.

Sovutgichi ko'chirish vaqtida ag'darib yuborish yoki elektr manbaiga ulash shnurini shikastlashdan ehtiyot bo'ling.

Vilkani ho'l qo'lingiz bilan rozetkaga tiqmang.Sovutgichni tozalanayotgan yoki ta'mirlanayotganda tokdan uzib qo'ying.Vilkani tozalayotganda ho'l yoki nam lattadan foydalanmang.

Vilka tiqiladigan joy yuzasidan har qanday begona narsa yoki changni olib tashlang.

-Aks holda yong'in chiqish xavfi paydo bo'ladi.

Agar Sovutgich elektr ta'minotidan uzilgan bo'lsa, uni qayta ulash uchun kamida o'n daqiqa kutishingiz kerak bo'ladi.

Agar devorga o'rnatilgan rozetka

texnika xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar _05

DA99-02318Q-14.indb 05

15. 5. 12. ￿￿ 9:08