SUV FILTRINI ALMASHTIRISH

Mulkingizga suvdan shikastlanish OGOHLANTIRISHxavfini kamaytirish uchun SAMSUNG

muzlatkichingizda umumiy tamg'asi bor suv filtrlaridan FOYDALANMANG. FAQAT SAMSUNG TAMG'ASI BOR SUV FILTRLARIDAN FOYDALANING. SAMSUNG hech bir ziyon, jumladan, umumiy tamg'asi bor filtrdan foydalanish oqibatida suv oqishi sababli mulkka yetkazilgan, ammo bu bilan cheklanmagan ziyon uchun huquqiy javobgar bo'lmaydi. SAMSUNG muzlatkichlari FAQAT SAMSUNG suv filtri bilan ishlashga mo'ljallangan.

“Filter Indicator” ("Filtr indikatori") chirog'i suv filtri kartrijini almashtirish vaqti qachon kelganini ko'rsatadi.

Filtr indikatorining qizil chirog'i yonsa, bu filtrni almashtirish vaqti kelganini anglatadi.

Yangi filtr olishingizga vaqt berish maqsadida chiroq filtr yaroqliligi hali tugamasidan burun yonib qoladi.

Filtrni vaqtida almashtirish sizni sovutgichning eng sarin va toza suv bilan ta'minlaydi.

1. Suv filtrini qutidan chiqarib oling va rasmdagiday ustiga oy ko'rsatilgan yelimli yorliqni yopishtiring.

2.Kelgusi olti oy ko'rsatilgan yelimli yorliqni filtr ustiga yopishtiring. Masalan, agar suv filtrini mart oyida almashtirayotgan bo'lsangiz, filr ustiga "SEP" (Sentabr) yelimli yorlig'ini yopishtiring va bu sizga uni sentabr oyida almashtirish kerakligini eslatib turadi. Odatda filtrning xizmat muddati, taxminan, 6 oy bo'ladi.

3.So'ngra o'rnatilgan qalpoqni soat mili yurishiga qarshi burab, chiqarib oling.

4.Yangi filtrning himoya qalpog'ini olib tashlang va eski filtrni chiqarib oling.

5.Yangi filtrni filtrlar qo'yiladigan joyga mo'ljallang va kiriting.

Asta-sekin suv filtrini ustki qismidagi belgiga qarab, soat mili yurishi tomon 90º ga burang va uni joyiga qotiring. Belgi "qulflash" holatiga to'g'ri kelganiga ishonch hosil qiling. Qattiq burab yubormang.

Filrt qopqog'i

1

 

 

 

2

4

 

 

Yelimli yorliq

 

 

(oy indikatori)

3

Ko'rsatish

 

 

 

 

belgisini

 

 

5 qulflash

 

 

holati bilan

 

 

to'g'rilash

6.Bu ishlarni tugatib bo'lganingizdan so'ng Ice Type (Muzturi) tugmasini filtr jadvalini asl holiga qaytarish uchun 3 soniya bosib turing.

7.Nihoyat, 1 litr suvni usatgich orqali o'tkazing va tashlab yuboring. Suvni ichishdan oldin u toza oqayotganiga ishonch hosil qiling.

Yangi o'rnatilgan suv filtri qutisi qisqa vaqt uzatgichdan suv otilishiga sabab bo'lishi mumkin. Bunga shlangga kirib qolgan havo sababchidir. Bu Sovutgich ishlashiga muammo tug'dirmaydi.

Almashtirish filtrlariga buyurtma berish

Suv filtri kartrijlariga buyurtma berish uchun Samsung korporatsiyasining vakolatli dileriga murojaat qiling.

ESHIKLARDAN FOYDALANISH

Sovutgich eshiklari ularni ochish va yopish xususiyati bilan jihozlangan, bu hol eshiklar to'liq, xavfsiz va jips yopilishini ta'minlaydi.

Ochilib, ma'lum bir nuqtadan o'tgach, eshik "tutib qolinadi" va ochiq turadi. Eshik ochiq holda ushlab turadigan tutqich oldida qisman ochiq turgach, avtomatik tarzda yopiladi.

26_ ishlatish

DA99-02318Q-14.indb 26

15. 5. 12. ￿￿ 9:09