HARORATNI NAZORAT QILISHMUZXONA HARORATINIBOSHQARISH

Shaxsiy ehtiyojlaringizga moslash maqsadida muzxona haroratini -14°C (8°F) dan -25ºC (-14°F) darajagacha o'rnatishingiz mumkin. Harorat ekranida istalgan harorat ko'rsatkichi paydo bo'lmaguncha Freezer (Muzlatkich) tugmasini qayta- qayta bosavering. Muzqaymoq singari oziq-ofqat mahsulotlari -16ºC (4°F) darajada erishini yodda tuting.

Harorat ekranidagi raqamlar asta-sekin -14°C (8°F) dan -25ºC (-14°F) daraja tomon harakatlanib boradi. Ekrandagi raqam -14ºC (8°F) darajaga yetgach, yana -25ºC (-14°F) darajadan boshlanadi.

Yangi harorat o'rnatilgandan so'ng oradan besh soniya o'tib, ekranda yana muzlatkichning haqiqiy harorati ko'rsatkichi paydo bo'ladi Lekin ushbu raqam muzxona yangi haroratga moslashishi bilan o'zgara boshlaydi.

MUZLATISH KAMERASI HARORATINI BOSHQARISH

Shaxsiy ehtiyojlaringizga moslash maqsadida Sovutgich haroratini 7ºC (46°F) dan 1ºC (34°F) darajagacha o'rnatishingiz

mumkin. Harorat ekranida istalgan harorat ko'rsatkichi paydo bo'lmaguncha Fridge (Muzlatish kamerasi) tugmasini qayta-qayta bosavering. Sovutgichdagi haroratni nazorat qilish jarayoni muzlatkichdagi jarayonga o'xshab ishlaydi. Istalgan haroratni o'rnatish uchun Fridge (Muzlatich kamerasi) tugmasini bosing. Bir necha soniyadan so'ng muzlatish kamerasi yangi o'rnatilgan harorat sari harakatlana boshlaydi. Bu raqamli ekranda ko'rinib turadi.

Muzxona yoki sovutgichdagi harorat eshiklari tez-tez ochilganda yoki ularga ko'p miqdordagi issiq yoki qaynoq ovqatlar qo'yilganda ko'tarilib ketishi mumkin. Bu raqamli ekran yonib-o'chishiga sabab bo'lishi mumkin. Muzxona va Sovutgich o'rnatilgan normal haroratga qaytgach, yonib-o'chish to'xtaydi. Agar yonib-o'chish davom etaversa, sovutgichni "asl holatiga qaytarishingiz" kerak bo'lishi mumkin. Jihozni elektr quvvatidan uzing, 10 daqiqa kutib turing, so'ngra qaytib ulang.

22_ ishlatish

MUZ VA SOVUQ SUV UZATGICHIDAN FOYDALANISH

O'zingiz istagan muz turini tanlash uchun Ice Type (Muz turi) tugmasini bosing

Muz yo'q

Muz hosil qiluvchi qurilmani o'chirmoqchi bo'lsangiz, mana buni tanlang

muz kub shaklida tayyorlanadi. Bo'laklangan funksiyasini tanlaganingizda muz hosil qiluvchi qurilma muz kublarini bo'laklaydi.

Muzni uzatish

Stakanni muz chiqish joyi tagiga qo'ying va stakan bilan avaylab muz uzatgich pishangini itaring. Muz sochilib ketishi oldini olish uchun stakan uzatgichga to'g'rilanganiga ishonch hosil qiling.

Suv uzatgichdan foydalanish

Stakaningizni suv chiqish joyi tagiga qo'ying va stakan bilan avaylab suv uzatgich pishangini itaring. Suv to'kilib ketishi oldini olish uchun stakan uzatgichga to'g'rilanganiga ishonch hosil qiling.

DA99-02318Q-14.indb 22

15. 5. 12. ￿￿ 9:09