ffCho‘tka tozalash vaqtida poldan kirlarni tozalaganligi uchun unda ip va uzun soch kabi yot jismlar turib qolishi mumkin. Tozalash samarasi yaxshi bo‘lishi uchun uni muntazam ravishda tekshirib, tozalab turing.
ffProfilaktik amallardan so‘ng cho‘tka yoki cho‘tka qopqog‘i joyiga to‘g‘ri o‘rnatilmasa, polni qirishi mumkin yoki jihoz noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Shu sababli profilaktika usulini tekshirish orqali ularni joyiga to‘g‘ri o‘rnating.
Batareya haqida
Qayd
ffBatareyalarni vakolatli Samsung markazlaridan xarid qiling va xariddan oldin
batareyaga yopishtirilgan belgini () va model nomini tekshiring.
ffBu batareya Samsung Electronics POWERbot uchun maxsus chiqarilgan. Uni boshqa jihozda ishlatmang.
ffBatareyani ochmang yoki o‘zgartirmang.
ffBatareyani olovga tashlamang yoki qizdirmang.
ffZaryadlash kontaktlariga (+,
ffBatareyani xona ichida (0 °C~40 °C haroratda) saqlang.
ffAgar batareya yomon ishlasa, uni o‘zingiz ochmang. Yaqinroqda joylashgan Samsung texnik xizmat markaziga murojaat qiling.
ffBatareyadan qancha ko‘p foydalanilsa, batareyani zaryadlash vaqti va foydalanish vaqti qisqarishi mumkin. Batareyaning ishlash muddati bitgan bo‘lsa va to‘g‘ri zaryadlanmayotgan bo‘lsa, uni Samsung xizmat markazi tomonidan almashtirishni so‘rang.
ffBatareyaga sotib olingan kundan boshlab 6 oy kafolat beriladi.
IrDA sensori haqida
Diqqat
ffGalogen lampada yoritilgan joylarda yoki ochiq havoda infraqizil signal yaxshi uzatilmasligi mumkin.
ffPOWERbot 3 xildagi infraqizil qurilmalarni ishlatadi. Har bir qurilma o‘ziga xos prioritet darajasiga ega. Agar qurilmaning signali ustiga yuqoriroq prioritetdagi qurilma signali tushsa, birinchi qurilma ishlamasligi mumkin.
––Infraqizil signal prioriteti: Aqlli boshqaruv > Taglik
ffTurli infraqizil signallar
ffAgar bittadan ortiq POWERbot bir vaqtda ishlatilsa, infraqizil signallarning aralashib ketishi tufayli ular to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.