Qaydlar va ehtiyot choralari
Zaryadlash
Qayd
ffZaryadlanish paytida batareya qizib ketsa, zaryadlanishga uzoqroq vaqt ketishi mumkin.
ffAvtomatik zaryadlash ishlamayotgan bo‘lsa, quyidagilarni bajaring:
––Favqulodda yoqgichni (POWERbot’ning tag qismida) o‘chirib yoqing.
––Taglik shnurini rozetkadan sug‘uring va yana suqing.
––Taglikdan sug‘uring va taglikning zaryadlash tishlarida yot jismlar yo‘qligini tekshiring, POWERbot va taglik zaryadlash tishlarini quruq latta bilan arting.
––Taglik yaqinida aksni qaytaruvchi buyumlar, stullar kabi to‘siqlarning yo‘qligini tekshiring.
ffPOWERbot taglikdan uzilganida uning batareyasi tabiiy ravishda zaryadsizlanadi.
––POWERbot’ni taglikda zaryadlanayotgan holda saqlashga harakat qiling. (Ammo, xizmat safari yoki ta’til tufayli uydan uzoq muddatga ketishni rejalashtirayotganingizda favqulodda yoqgichni o‘chiring va taglikni rozetkaga tiqilmagan holda qoldiring.)
Ishlatish
Qayd
ffTozalash vaqtida POWERbot ostona kabi joylarda yurolmay qolishi mumkin.
––Ishlashni qaytadan boshlash uchun favqulodda yoqgichni o‘chiring, POWERbot’ni osongina harakatlanishi mumkin bo‘lgan joyga ko‘chiring va elektr ta’minotini qaytadan yoqing.
ffPOWERbot burchaklar, devor bilan divan orasi kabi o‘zi kira olmaydigan joyni to‘liq tozalay olmaydi.
––Ularni muntazam tozalab turish uchun boshqa tozalash anjomidan foydalaning.
ffPOWERbot kir to‘plamlarini tortib ola olmaydi, shuning uchun tozalagandan keyin ularning ayrimlari polda qolishi mumkin.
––Ularni muntazam tozalab turish uchun boshqa tozalash anjomidan foydalaning.
ffAgar POWERbot o‘chirilgan bo‘lsa, elektr ta’minotini masofadan boshqarish pultidagi Quvvat tugmasi orqali yoqib bo‘lmaydi. POWERbot’dagi [Boshlash/To‘xtatish] tugmasini bosib turing.
ffZaryadlash vaqtida POWERbot’ni Nuqtani tozalash rejimida ishlata olmaysiz.
ffZaryad olayotganida Qo‘lda tozalash / Nuqtani tozalash tugmasini bossangiz, POWERbot taglikdan ajralib, kutish rejimiga o‘tadi.
Tozalash va texnik xizmat ko‘rsatish
Qayd
ffAgar siz chang qopchasi va filtrni suv bilan yuvgan bo‘lsangiz
––Changquti: Suvni batamom sirqitib tashlang.
––Filtr: Ishlatishdan oldin soya joyda yaxshilab quriting.
ffAvtomatik yopqichni tozalayotganda qattiq tortib yubormang.
Diqqat
ffFiltrni biriktirish yoki ajratish vaqtida barmoqlaringizga ehtiyot bo‘ling, chunki ular chang qopchasining havo so‘tish tirqishiga tiqilib qolishi mumkin.
ffYot jismlar tiqilib qolmasligi uchun POWERbot tomonidan tish kovlagich, paxta tampon kabilarning so‘rilishiga yo‘l qo‘ymang.
ffAgar cho‘tkadan yot jismlarni olib tashlash qiyin bo‘lsa, vakolatli Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.