kir yuvish

Моя программа (Mening dasturim)

Usbu tugma uni oddiygina bir marta bosish bilan o’zingizning doimiy (Harorat, baraban aylanish tezligi, buyumlarning kirlanganlik darajasi, dastur kabilarni hisobga oluvchi) kir yuvish dasturingizni faollashtirishga imkon beradi.

Dasturning saqlangan qo’shimcha funksiyalarini yuklash va foydalanish uchun Моя программа (Mening dasturim) tugmasini bosing. Bundan tashqari tanlangan dastur va qo’shimcha funksiyalarning signally chiroqlari miltillaydi.

Siz o’zingizga kerak bo’ladigan barcha qo’shimcha funksiyalarni “Моя программа (Mening dasturim)” dasturida o’rnatishingiz mumkin

1.Vodoprovod jo’mragini oching.

2.Вкл./Выкл. (Yoqish/O'chirish) tugmasini bosing.

3.Sikllar ulagichidan foydalangan holda siklni tanlang.

4.Sikl tanlangandan keyin barcha qo’shimcha funksiyalarni o’rnating.

Har bir sikl uchun mavjud qo’shimcha funksiyalarni o’rnatish uchun 41-betdagi “dasturlar jadvali”-ga qarang.

5.Shundan keyin siz tanlangan sikl va qo’shimcha funksiyalarni Mening dasturim rejimida “Моя программа (Mening dasturim)” tugmasini kamida 3 soniya bosib turgan holda saqlashingiz mumkin. Siz keyingi safar Mening dasturim-ni tanlaganingizda siz tanlaydigan sikl va qo’shimcha funksiyalar namoyish qilinadi.

Siz yuqorida keltirilgan jarayonni takroran bajargan holda Mening dasturim funksiyasi parametrlarini o’zgartirishingiz mumkin.

Siz so’nggi marta foydalangan parametrlar keyingi safar Mening dasturim-ni tanlaganingizda yana namoyish qilinadi.

Agar Siz Mening dasturim tugmasini bossangiz va 3 soniya bo’lmasdan turib qo’yib yuborsangiz, avval saqlangan kir yuvish dasturi va qo’shimcha funksiyalar namoyish qilinadi. Agar Siz Mening dasturim tugmasini bossangiz va 3 soniyadan ko’proq vaqt ushlab tursangiz, hozirda o’rnatilgan kir yuvish

dasturi va qo’shimcha funksiyalar saqlanadi va yorug’liq diodli indikator 3 soniya miltillab turadi.

Smart Check (Aqlli tekshirish)

Bu funksiyani yoqish uchun avval Google Play yoki App Store-daSamsung Smart Washer”-ni yuklab olib, kamerasi bor mobil qurilmaga o’rnating.

Smart Check funksiyasi quyidagilar uchun optimallashtirilgan: Galaxy va iPhone seriyalari (ba’zi modellarda qo’llanilmaydi)

1. Отжим (Siqish) va Полоскание (Chayish) tugmasini 3 soniya baravar bosib turib Smart Check rejimiga kirasiz. 2. Kir yuvish mashinasi orqa fonda o’zini tekshiradi, agar

xatolik topilsa, xato kodini ko’rsatadi.

3.Mobil qurilmangizda Samsung Smart Washer ilovasini

ishga tushiring va Smart Check (Aqlli tekshirish)

tugmasini bosing.

4. Mobil qurilmani kir yuvish mashinasining ekraniga yuzlashtiring, shunda mobil qurilma bilan kir yuvish mashinasi yuzma-yuz turadi. Keyin xato kodi avtomatik ravishda ilova tomonidan aniqlanadi.

5.Xato kodi to’g’ri aniqlanganida, ilova xato haqida keyingi amallar bilan birgalikda batafsil ma’lumotni ko’rsatadi.

Funksiya nomi uchun, Smart Check (Aqlli tekshirish), tilga qarab farq qilishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinasi ekranida yorug'lik akslansa, ilova xato kodini aniqlay olmasligi mumkin.

Agar ilova Smart Check (Aqlli tekshirish) kodini ketma-ket aniqlay olmasa, xato kodini ilova ekraniga qo'lda kiriting.

26_ O'zbekcha

WD806U2GA-03344B-09_UZ.indd 26

 

 

2017/3/8 13:39:31