kir yuvish

Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish

Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Fuzzy Control” kir yuvishni avtomatik boshqarish tizimi tufayli kir yuvish juda oson bajariladi. Kir yuvish dasturini tanlashda mashina o’zi kir yuvishning to’g’ri harorati, vaqti va tezligini o’rnatadi, ularni siz ham o’z xohishingizga ko’ra o’zgartirishingiz mumkin.

1.Vodoprovod jo’mragini oching.

2.Вкл./Выкл. (Yoqish/O'chirish) tugmasini bosing.

3.Eshikchani oching.

4.Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari yuklanishiga yo’l qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.

5.Eshikchani yoping.

6.Tegishli bo’limlarga kir yuvish vositasi va kerak bo'lsa kir konditsioneri eki dastlabki kir yuvish vositalarni yuklab qo’ying.

Dastlabki kir yuvish rejimi Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Ежедневная (Kundalik yuvish), Детские вещи (Bolalar buyumlarini yuvish) va Интенсивная стирка Eco (Intensiv Eco yuvish) dasturi tanlangan hollatdagina mavjud. Yuviladigan buyumlar juda kirlangan hollardagina dastlabki kir yuvishdan foydalanish talab qilinadi.

7.Mato turiga mos holda kerakli siklni tanlash uchun Sikllar pereklyuchatelidan foydalaning: Хлопок

(Paxta), Синтетика (Sintetika), Ежедневная (Kundalik yuvish), Быстрая стирка 15’ (Tezkor kir yuvish 15’), Детские вещи (Bolalar buyumlarini yuvish), Интенсивная стирка Eco (Intensiv Eco yuvish), Верхняя одежда (Ustki kiyimlar), Шерсть (Jundan qilingan buyumlar). Boshqaruv panelida tegishli indikatorlar yonadi.

8.Endi tegishli tugmalar yordamida kir yuvish harorati, chayish soni, siqish uchun aylanmalar soni va kir yuvishni kechiktirish vaqtlarni tanlash mumkin.

9.Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasini bosing va kir yuvish boshlanadi. Kir yuvish indikatori yonadi va displeyda siklning qolgan vaqti aks ettiriladi.

Pauza funksiyasi

Kir yuvish boshlanganidan so’ng 5 daqiqa davomida kirni qo’shish yoki olish mumkin.

1.Eshikni blokdan chiqarish uchun Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasiga bosing.

Agar suv juda ISSIQ bo’lsa yoki suvning sathi juda YUQORI bo’lsa, eshikni ochish mumkin emas.

2.Eshik yopilganidan so’ng kir yuvishni davom ettirish uchun Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasini bosing.

Kir yuvish sikli tugaganida:

Kir yuvishning butun sikli tugaganidan so’ng kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o’chadi.

1.Eshikchani oching.

2.Kirni oling.

30_ O'zbekcha

WD806U2GA-03344B-09_UZ.indd 30

 

 

2017/3/8 13:39:32