• “Bolalardan qulflash” funksiyasi

“Bolalardan qulflash” funksiyasi bolalarning mashina ishlashiga aralashishi ehtimolligini oldini olishga imkon beradi.

Ushbu xavfsizlik funksiyasi bolalarning kir yuvish mashinasini ishlatishlariga yo’l qo’ymaydi va u faollashtirilgan hollarda signal beradi.

• “Kechiktirish” funksiyasi

Kir yuvish siklini bir soatli qadamlar bilan 19 soatgacha kechiktirishga imkon beradi, bu esa ayniqsa uydan biror yerda ketishga to’g’ri kelgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanish qulayligini yanada oshiradi.

• Raqamli grafik displey

Raqamli grafik displeyga ega bo’lgan boshqaruv paneli juda sodda va foydalanish uchun qulaydir. Foydalanishga qulay bo’lgan raqamli grafik displey tufayli kir yuvishning eng yaxshi natijalariga erishish uchun kir yuvish rejimi sozlamalarini sozlashni tez va aniq bajarish mumkin.

• Suv uchun Aqua shlang modeli va suv oqib chiqishi datchigi (ayrim modellarda)

Samsung kompaniyasi kir yuvish mashinalaridagi muvaffaqiyatli ishlab chiqilgan suv oqib chiqishidan himoyalash tizimi suv manbaiga ulanish joyida suv oqib chiqishining oldini oluvchi va suv oqib chiqishini aniqlash datchigining tag qismida joylashgan “aqlli” shlangni o’z ichiga oladi. Suv quyish shlangining ichki qatlami shikastlangan hollarda shlang ichida mavjud bo’lgan gubka kengayadi va krandan suv kirishingi to’sib qo’yadi.

Ushbu qo’llanmada yangi Samsung kir yuvish mashinangizni o’rnatish, undan foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo’yicha muhim ma’lumotlar beriladi. Unda siz boshqaruv panelining bayoni, kir yuvish mashinasidan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar va eng yangi imkoniyatlar va funksiyalardan foydalanish bo’yicha maslahatlarni topasiz. 37-sahifadagi “Nosozliklarni qidirib topish va bartaraf qilish va axborot kodlari” bo’limida yangi kir yuvish mashinasidagi nosozliklarni barataraf qilish bo’yicha maslahatlar keltirilgan.

yangi samsung kir yuvish mashinasining funksiyalari _3

￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿

￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿