Kir yuvish mashinasini o’rnatish

Suvni chiqarish shlangini ulash

Suvni chiqarish shlangining uchini uch usulda joylashtirish mumkin.

1.Rakovina yon devori orqali: suv chiqarish shlanggi 60-90 sm balandlikda joylashishi kerak. Suv chiqarish shlangining uchi egilgan bo’lishi uchun kir yuvish mashinasining to’plamida mavjud bo’lgan shlangni plastmassa ushlagichidan foydalaning. Suv chiqarish shlangi joyidan siljib ketmasligining oldini olish uchun ushlagichni ilgak yordamida devorga yoki arqon yordamida vodoprovod jo’mragiga mahkamlab qo’ying.

Suv chiqarish shlangi

60 - 90 sm

Shlang ushlagichi

2.Rakovinani suv chiqarish quvurining tirqishiga: suv chiqarish quvurining ajralgan joyi shlang uchi pol sathidan 60 sm pastroq bo’lishi uchun rakovinaning suv chiqarish sifonidan yuqoriroq joylashishi kerak.

3. Suv chiqarish quvurida: 65 sm balandlikka ega vertikal quvurdan foydalanish tavsiya etiladi; u 60 sm kalta va 90 sm uzun bo’lmasligi kerak.

Suv chiqarish uchun ustunning parametrlari:

• Eng kam darajadagi diametri 5 sm.

Suv chiqarishning eng kam darajadagi tezligi daqiqasiga 60 litr.

60 ~ 90 cm

5-QADAM

Kir yuvish mashinasini elektr tarmog’iga ulash

Elektr manbaiga ulash kabelini devordagi eruvchan saqlagich yoki avtomatik vklyuchatel bilan himoyalangan 220-240 V/50 Gz li ruxsat berilgan rozetkaga ulang. (Elektr ta’minoti va yerga ulashga bo’lgan talablar to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar olish uchun 14-betga qarang).

Sinovdan o’tkazish

O’rnatish tugallangandan keyin Chayish+Siqish rejimlarini ishlatib ko’rish orqali kir yuvish mashinasining to’g’ri o’rnatilganligiga ishonch hosil qiling.

6-QADAM

Kalibrlash rejimini ishlatish

Ushbu Samsung kir yuvish mashinasi yuviladigan kirlar og’irligini avtomatik ravishda aniqlaydi. Og’irlikni aniqroq aniqlash uchun kir mashinasi o’rnatib bo’lingandan keyin darhol Kalibrlash rejimini ishlatish tavsiya qilinadi. Kalibrlash rejimini ishlatish uchun quyidagi qadamlarga amal qiling.

1.Kalibrlash rejimini ishlatishdan avval bakning ichida yoki kir yuvish mashinasining ustida hech nima yo’qligiga ishonch hosil qiling. Kir yuvish mashinasini o’chiring.

2.Harorat va Kir yuvish kechiktirish tugmalarini bir vaqtda bosib turgan holda Yoqish/O’chirish tugmasini bosing.Kir yuvish mashinasi yonadi.

3.Kalibrlash rejimini ishga tushirish uchun Ishga tushirish tugmasini bosing.

4.Baraban 3 daqiqacha soat streklasi yo’nalishida va soat strelkasiga qarama-qarshi yo’nalishda aylanadi.

5.Kalibrlash rejimi tugallangandan keyin displeyda End(En) namoyish qilinadi va kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o’chadi. Kir yuvish mashinasi foydalanish uchun tayyor.

20_ kir yuvish mashinasini o’rnatish

￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿

￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿￿