kir yuvish

Моя программа (Mening dasturim)

Usbu tugma uni oddiygina bir marta bosish bilan o’zingizning doimiy (Harorat, baraban aylanish tezligi, buyumlarning kirlanganlik darajasi, dastur kabilarni hisobga oluvchi) kir yuvish dasturingizni faollashtirishga imkon beradi.

Dasturning saqlangan qo’shimcha funksiyalarini yuklash va foydalanish uchun Моя программа (Mening dasturim) tugmasini bosing. “Моя программа (Mening dasturim)” chirog’i uning faollashtirilganligini ko’rsatadi. Bundan tashqari tanlangan dastur va qo’shimcha funksiyalarning signally chiroqlari miltillaydi.

Siz o’zingizga kerak bo’ladigan barcha qo’shimcha funksiyalarni “Моя программа (Mening dasturim)” dasturida o’rnatishingiz mumkin

1.Vodoprovod jo’mragini oching.

2.Вкл./Выкл. (Yoqish/O'chirish) tugmasini bosing.

3.Sikllar ulagichidan foydalangan holda siklni tanlang.

4.Sikl tanlangandan keyin barcha qo’shimcha funksiyalarni o’rnating.

Har bir sikl uchun mavjud qo’shimcha funksiyalarni o’rnatish uchun 37-betdagi “dasturlar jadvali”-ga qarang.

5.Shundan keyin siz tanlangan sikl va qo’shimcha funksiyalarni Mening dasturim rejimida “Моя программа (Mening dasturim)” tugmasini kamida 3 soniya bosib turgan holda saqlashingiz mumkin. Siz keyingi safar Mening dasturim-ni tanlaganingizda siz tanlaydigan sikl va qo’shimcha funksiyalar namoyish qilinadi.

Siz yuqorida keltirilgan jarayonni takroran bajargan holda Mening dasturim funksiyasi parametrlarini o’zgartirishingiz mumkin. Siz so’nggi marta foydalangan parametrlar keyingi safar Mening dasturim-ni tanlaganingizda yana namoyish qilinadi.

Agar Siz Mening dasturim tugmasini bossangiz va 3 soniya bo’lmasdan turib qo’yib yuborsangiz, avval saqlangan kir yuvish dasturi va qo’shimcha funksiyalar namoyish qilinadi. Agar Siz Mening dasturim tugmasini bossangiz va 3 soniyadan ko’proq vaqt ushlab tursangiz, hozirda o’rnatilgan kir yuvish dasturi va

qo’shimcha funksiyalar saqlanadi va yorug’liq diodli indikator 3 soniya miltillab turadi.

Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish

Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Fuzzy Control” kir yuvishni avtomatik boshqarish tizimi tufayli kir yuvish juda oson bajariladi. Kir yuvish dasturini tanlashda mashina o’zi kir yuvishning to’g’ri harorati, vaqti va tezligini o’rnatadi, ularni siz ham o’z xohishingizga ko’ra o’zgartirishingiz mumkin.

1.Vodoprovod jo’mragini oching.

2.Kir yuvish mashinasini Вкл./Выкл. (Yoqish/O'chirish) tugmasini bosing.

3.Eshikchani oching.

4.Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari yuklanishiga yo’l qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.

5.Eshikchani yoping.

6.Tegishli bo’limlarga kir yuvish vositasi va kerak bu’lsa kir konditsioneri eki dastlabki kir yuvish vositalarni yuklab qo’ying.

Dastlabki kir yuvish rejimi Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Джинсы (Djins), Постельное белье (Ko’rpa-to’shak anjomlari), Темные вещи (To’q rangdagi buyumlar), Ежедневная (Kundalik yuvish), Детские вещи (Bolalar buyumlarini yuvish) va Спортивные вещи (Sport kiyimlari) dasturi tanlangan hollatdagina mavjud. Yuviladigan buyumlar juda kirlangan hollardagina dastlabki kir yuvishdan foydalanish talab qilinadi.

7.Mato turiga mos holda kerakli siklni tanlash uchun Sikllar pereklyuchatelidan foydalaning: Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Джинсы (Djins), Постельное белье (Ko’rpa-to’shak anjomlari), Темные вещи (To’q rangdagi buyumlar), Ежедневная (Kundalik yuvish), Очистка барабана Eco (Barabanni Eco tozalash), Детские вещи (Bolalar buyumlarini yuvish), Спортивные вещи (Sport kiyimlari), Ручная стирка (Qo’lda yuvish), Шерсть (Jundan qilingan buyumlar). Boshqaruv panelida tegishli indikatorlar yonadi.

8.Endi tegishli tugmalar yordamida kir yuvish harorati, chayish soni, siqish uchun aylanmalar soni va kir yuvishni kechiktirish vaqtlarni tanlash mumkin.

9.Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasini bosing va kir yuvish boshlanadi. Kir yuvish indikatori yonadi va displeyda siklning qolgan vaqti aks ettiriladi.

Pauza funksiyasi

Kir yuvish boshlanganidan so’ng 5 daqiqa davomida kirni qo’shish yoki olish mumkin.

1.Eshikni blokdan chiqarish uchun Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasiga bosing.

Agar suv juda ISSIQ bo’lsa yoki suvning sathi juda YUQORI bo’lsa, eshikni ochish mumkin emas.

2.Eshik yopilganidan so’ng kir yuvishni davom ettirish uchun Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasini bosing.

26_ kir yuvish

WF7022BB-03149A-08_UZ.indd 26

2014/8/11 14:27:38

Page 158
Image 158
Samsung WF602B2BKWQDLP manual Моя программа Mening dasturim, Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish, Pauza funksiyasi