8. Suv shlangining boshqa uchini kir yuvish mashinasining orqa panelidagi suv kiritish klapaniga ulang. Uni qotirish uchun shlangni soat mili yo'nalishida burang.

9. Suv kranini oching va ulanish sohasi atroflaridan hech qanday oqib chiqishlar yo'qligini tekshiring. Agar suv oqib chiqayotgan bo'lsa, yuqoridagi qadamlarni qaytadan bajaring.

OGOHLANTIRISH

Suv sizib chiqayotgan bo'lsa, mashinani to'xtatib, tokdan uzing. Keyin mahalliy Samsung xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling. Aks holda, bu elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Suv shlangini kuch bilan tortmang. Agar shlang juda qisqa bo'lsa, shlangni uzunroq, yuqori bosimli shlang bilan almashtiring.

IZOH

Suv shlangini adapterga ulaganingizdan keyin shlangni pastga tortgan holda, uning to'g'ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Suv kranlarining keng tarqalgan turidan foydalaning. Kran to'rtburchak shaklga yoki haddan tashqari katta diametrga ega bo'lgan hollarda,kranni adapterga birlashtirishdan avval oraliq halqani chiqarib oling.

O'rnatish

O'zbek  21 

Untitled-2 21

9/14/2017 5:31:13 PM

Page 201
Image 201
Samsung WW80J5545FW/LP, WW80J5545FX/LP manual Ozbek 21