Ishga tushirishdan avval

DIQQAT

Sovuq suv ishlatiladigan sikllarda yoki bir soatdan kam davom etadigan sikllarda suyuq kir yuvish vositasidan foydalanish tavsiya etiladi. Aks holda kapsula to‘liq erimasligi mumkin.

Kir yuvish vositasi tortmasi bo'yicha yo'riqnoma

Kir yuvish mashinasida uch bo'lmali taqsimlagich bor: chap bo'lma asosiy yuvish uchun, oldidagi o'ng bo'lma gazlamani yumshatadigan vositalar uchun, orqadagi o'ng bo'lma esa dastlabki yuvish uchun.

Ishga tushirishdan avval

A

DIQQAT

1.Dastlabki yuvish bo‘lmasi: Dastlabki yuvish vositasini soling.

2.Asosiy yuvish bo‘lmasi: Asosiy yuvish vositasi, suvni yumshatkich, ivitish vositasi, oqartirgich va/yoki dog' ketkazgich ishlating.

3.Yumshatkich bo‘lmasi: Mato yumshatkich kabi qo'shimchalar ishlating. Maks (A) chizig'idan oshirib yubormang.

IZOH

Yumshatgich tortmasining asl ko‘rinishi modeliga qarab farqlanishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtida, kir yuvish vositalari uchun tortmani ochmang.

Tortmaga quyidagi turdagi kir yuvish vositalarini solmang: -- Tabletkali yoki kapsulali turdagi

-- Sharcha yoki to'rsimon turdagi

Bo'lma to'silib qolmasligi uchun quyultirilgan yoki yuqori to'yintirilgan vositalarni (gazlama yumshatkichi yoki kir yuvish vositasini) qo'llashdan oldin ularga suv qo'shish lozim.

Keyinroq tugatish tanlanganida kir yuvish vositasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri barabanga solmang. Aks holda kirning rangi o‘chishi mumkin. Keyinroq tugatish tanlanganida yuvish vositasi tortmasini ishlating.

28  O'zbek

Untitled-2 28

9/14/2017 5:31:15 PM

Page 208
Image 208
Samsung WW80J5545FX/LP, WW80J5545FW/LP manual Kir yuvish vositasi tortmasi boyicha yoriqnoma