Nasos filtri

Nasos filtri tiqilib qolmasligi uchun uni yiliga 5 yoki 6 marta tozalash tavsiya qilinadi. Tiqilib qolgan nasos filtri ko'pik samarasini pasaytirishi mumkin.

1. Kir yuvish mashinasini o'chiring va elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan chiqaring.

2. Baraban ichida qolgan suvni chiqarib tashlang. “Favqulodda suvni chiqarish” bo'limini ko'ring.

3. Ochish uchun filtr qopqog‘ining yuqori sohasini ohista bosing.

4. Nasos filtri dastagini chapga burang va qolgan suvni chiqarib yuboring.

5. Nasos filtrini yumshoq cho'tka bilan tozalang. Filtr ichidagi suv chiqarish nasosi parragining tiqilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

6. Nasos filtrini joyiga qaytarib soling va filtr dastagini o'ngga burang.

IZOH

Agar nasos filtri tiqilib qolgan bo'lsa, ekranda “5C” axborot kodi paydo bo'ladi.

DIQQAT

• Filtrni tozalagandan keyin filtr dastagining to'g'ri yopilganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda, bu suvning oqib ketishiga olib kelishi mumkin.

• Tozalagandan keyin filtrning to'g'ri solinganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda, bu ishlash xatoligi yoki suvning oqib ketishiga olib kelishi mumkin.

O'zbek  43 

Qarov

Untitled-2 43

9/14/2017 5:31:19 PM

Page 223
Image 223
Samsung WW80J5545FW/LP, WW80J5545FX/LP manual Nasos filtri, Diqqat