Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

5.Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to’plamidan foydalanilishi va eski shlanglar to’plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.

6.Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo’lgan qurilmalarda gilam ushbu tirqishlarni to’sib qo’ymasligi kerak.

7.Yevropada foydalanish uchun: Muntazam ko'z-quloq bo'lib turilmasa, 3 yoshdan kichik bolalarni mashina yaqiniga yo'latmaslik kerak.

DIQQAT

8.Issiqlik o’chirgichining tasodifiy qayta o’rnatilishi tufayli yetadigan zararlarning oldini olish uchun qurilma taymer singari tashqi o’chirib-yoqish qurimasi orqali elektr toki bilan ta’minlanmasligi yoki xizmat ko’rsatuvchilar tomonidan muntazam ravishda o’chirib-yoqiluvchi zanjirga ulanmasligi kerak.

O’rnatishga oid muhim ogohlantirishlar

OGOHLANTIRISH

Ushbu mashinani o’rnatish malakali texnik yoki sizmat ko’rsatuvchi kompaniya tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong’in chiqishi, portlash, mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Ushbu mashina og’ir, shuning uchun uni ko’targanda ehtiyot bo’ling.

Elektr shnurini mahalliy elektr me‘yorlariga javob beradigan rozetkaga ulang. Rozetkaga mashinadan boshqa hech qanday qurilma ulamang, uzaytirish simlaridan foydalanmang.

Uchtalik yoki uzaytma simdan foydalangan holda rozetkaga boshqa qurilmalarni ulash elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Elektr kuchlanishi, chastotasi va tok kuchining mahsulot xususiyatlarida ko’rsatilganlari bilan bir xil ekanligiga ishonch hosil qiling. Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin. Elektr manbaiga ulash vilkasi rozetkaga mahkam tiqilgan bo’lishi kerak.

Elektr manbaiga ulash vilkasi kontaktlaridan chang yoki suv kabi begona narsalarni quruq latta bilan muntazam ravishda tozalab turing.

Elektr manbaiga ulash vilkasini uzing va quruq latta bilan arting.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga shnur polda bemalol yotadigan tarzda tiqing.

Agar elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkaga elektr manbaiga ulash shnuri qarama-qarshi yo’nalishda ketadigan tarzda tiqsangiz, shnur ichidagi elektr simlar shikastlanishi va bu elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

6  O‘zbekcha

WW90M74LNOA_DC68-03889Q_UZ.indd 6

 

 

2018/2/6 18:55:08