Ishlatish amallari

Sozlanmalar

Ishlatish amallari

Bolalardan himoya qulfi

Bolalar tomonidan sodir etiladigan ko'ngilsiz hodisalarni oldini olish uchun Bolalardan himoya qulfi barcha tugmalarni qulflaydi, faqat Quvvat tugmasidan tashqari.

Bolalardan himoya qulfini faollashtirish

Qo‘l dispenderli modellar, - va + (Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) opsiyasining) tugmalarini bir vaqtda 3 soniya bosib turing. So‘ng, faollashtirish uchun Boshlash/To‘xtatish (Boshlash uchun bosib turing) tugmasini bosib turing. Eshik qulflanadi va bolalardan himoya qulfi indikatori yonadi.

Bolalardan himoya qulfini vaqtincha faolsizlashtirish

Qo‘l dispenderli modellar, - va + (Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) opsiyasining) tugmalarini bir vaqtda 3 soniya bosib turing.

IZOH

Agar bolalardan himoya qulfini faolsizlashtirgandan so‘ng 1 daqiqa yoki undan ortiq vaqt davomida ochiq tursa, 2 daqiqagacha tovushli signal chalinadi.

Agar mana shu 2 daqiqa ichida eshikni yopsangiz, eshik qulflanadi va bolalardan himoya qulfi yana faollashadi. Agar eshikni yopmasangiz yoki eshik to‘g‘ri yopilmasa, signal 2 daqiqa davomida chalinib turaveradi.

Bolalardan himoya qulfini faollashtirgandan so‘ng qo‘shimcha kir solmoqchi bo‘lsangiz, avval bolalardan himoya qulfini faollashtiring va mashinani qayta ishga tushiring.

Bolalardan himoya qulfini bekor qilish

Qo‘l dispenderli modellar, Faolsizlashtirish uchun - va + (Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) opsiyasining) tugmalarini bir vaqtda 3 soniya bosib turing va so‘ng, bolalardan himoya qulfini bekor qilish uchun yana shu tugmalarni 3 soniya bosib turing. Eshik qulfdan ochiladi va bolalardan himoya qulfi indikatori o‘chadi.

40  O‘zbekcha

Tovush yoq./o'ch.

Kir yuvish mashinasidan chiqadigan tovushni yoqish yoki o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Bu funksiya o‘chiq holatga sozlangan bo‘lganda, AddWash signali, sikl yakunlanganini bildurvchi musiqa va quvvat o‘chganda yangraydigan tovush yangraydi. Ammo boshqa tovushlar yoniq holatda qoladi.

Tovushni o‘chirish uchun Опции (Opsiyalar) tugmasini 3 soniya bosib turing.

Tovushni tiklash uchun yana shu tugmani 3 soniya bosib turing.

Hatto mashinani qayta ishga tushirgandan so‘ng ham, belgilagan sozlama o‘z kuchida qoladi.

Baraban chirog‘i

Baraband chirog‘ini o‘rnatish yoki o‘zgartirish.

Baraban chirog‘i funksiyasini tanlash uchun Температура (Harorat) tugmasini bosing.

Baraban chirog‘i funksiyasini chiqarish uchun Температура (Harorat) tugmasini 3 soniya bosib turing.

WW90M74LNOA_DC68-03889Q_UZ.indd 40

 

 

2018/2/6 18:55:20