Xizmat ko‘rsatish

Muzdan tushirish

Uning harorati 0 °C dan pastga tushganida kir yuvish mashinasi muzlashi mumkin.

1.Kir yuvish mashinasini o’chiring va elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

2.Shlangni ajratib olish uchun shlanglar ulangan vodoprovod krani ustidan iliq suv quying.

3.Suv quyish shlangini uzing va uni iliq suvga botiring.

4.Barabanga iliq suv quying va uni 10 daqiqa davomida qoldiring.

5.Suv quyish shlangini suv kraniga qaytadan ulang.

IZOH

Agar shunda ham kir yuvish mashinasi yaxshi ishlamasa, u yaxshi ishlagunicha yuqoridagi qadamlarni takrorlang.

Uzoq vaqt foydalanilmaslikka qarshi qarov

Kir yuvish mashinasidan uzoq vaqt foydalanmasdan qoldirmang. Agar shunday qilishga to’g’ri kelsa, kir yuvish mashinasini quriting va elektr tarmog’iga ulash kabelini rozetkadan chiqaring.

1.ПОЛОСК.+ОТЖИМ (CHAYISH+SIQISH)-ni tanlash uchun Rejim tanlagichni burang.

2.Barabanni bo’shatib, Boshlash/To‘xtatish (Boshlash uchun bosib turing) tugmasini bosing.

3.Rejim ishi tugallangach suv kranini yoping va suv ta’minoti shlangini uzing.

4.Kir yuvish mashinasini o’chiring va elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

5.Baraban ichida havo aylanishi uchun eshikni oching.

Xizmat ko‘rsatish

52  O‘zbekcha

WW90M74LNOA_DC68-03889Q_UZ.indd 52

 

 

2018/2/6 18:55:24