DIQQAT

Agar baraban ichida ko'piklar ko'p hosil bo'lib, Add Door sathidan balandga ko'tarilib ketsa, Add Door eshikchasini ochmang.

Mashina ishlab turgan vaqtda avval Boshlash/To‘xtatish (Boshlash uchun bosib turing) tugmasini bosmay turib Add Door eshikchasini ochishga urinmang. Shuni esda tutingki, kir yuvish jarayoni nihoyasiga yetgach, Add Door bexosdan ochilishi mumkin (Boshlash/To‘xtatish (Boshlash uchun bosib turing) tugmasini bosmay turib).

Add Door eshikchasi orqali haddan ortiq ko'p kir solmang. Ish sifati yomonlashishi mumkin.

Add Door eshikchasining pastki qismidan dastak sifatida foydalanmang. Barmoqlaringiz qisilib qolishi mumkin.

Kir Add Door eshikchasiga qisilib qolmaganligini tekshiring.

Uy hayvonlaringizni mashina yaqiniga yo'latmang, ayniqsa Add Door eshikchasi yaqiniga.

Qaynoq suvda kir yuvganda, Add Door ni ochib, yopgandan so'ng, Add Door dan suv sizib chiqayotgandek ko'rinadi. Bu normal holat, sababi oddiy, Add Door ochilgach, unda hosil bo'lgan bug' soviydi va sirtida suv tomchilar hosil bo'ladi.

Add Door eshikchasi yopilganda, u zichlanadi va undan suv sizib chiqmaydi. Ammo eshik atrofi bo'ylab suv sizib chiqayotgandek manzaraga guzoh bo'lasiz - Add Door atrofi bo'ylab qolgan qoldiq suv tomchilashi mumkin. Bu normal holat.

Suv harorati 50 ˚C dan yuqori bo'lganda, asosiy eshikni ham, Add Door eshikchasini ham ochib bo'lmaydi. Agar barabandagi suv sathi ma`lum nuqtadan tepaga ko'tarilganda, asosiy eshikni ochib bo'lmaydi.

DDC” ma`lumot kodi displeyda ko'rinsa, kerakli chorani qo'llash uchun “Axborot kodlari” bo'limiga qarang.

Add Door eshikchasi va uning atroflarini doim toza tuting. Add Door eshikchasi zichlamasi yoki uning atrofidagi kirlar yoki kir yuvish vositasi qoldiqlari suv sizib chiqishga olib keladi.

amallari Ishlatish

O‘zbekcha  39

WW90M74LNOA_DC68-03889Q_UZ.indd 39

 

 

2018/2/6 18:55:19