SmartThings

Wi-Fi’ga ulash

Smartfoningizda Sozlamalarga kiring va simsiz ulanishni yoqing va AP (ulanish nuqtasi) ni tanlang.

IZOH

Ushbu jihoz faqat uy sharoitlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan (B klass) va undan barcha turar-joy hududlarida foydalanish mumkin.

Ushbu jihoz simsiz aloqaga xalal berishi mumkin va ishlab chiqaruvchi ham, jihozni o‘rnatuvchi ham bu borada biror himoya chorasini taqdim etadi olmaydi.

WPA/TKIP va WPA2/AES shifrlash usullari tavsiya etiladi. Yangi yaratilgan Wi-Fi protokollari yoki tavsiya etilmagan Wi-Fi protokollari qo‘llab-quvvatlanmaydi.

Tevarak-atrofdagi boshqa simsiz tarmoq muhitlari simsiz tarmoq qabul qilish sezuvchanligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Agar Internet provayderingiz sizning kompyuteringiz yoki modem modulungizni doimiy foydalanish uchun ro‘yxatga olgan bo‘lsa, Samsung kir yuvish mashinasini internetga ulab bo‘lmaydi. Agar shunday bo‘lsa, internet provayderingizga murojaat qiling.

Internet brandmauer internetga ulanishga xalal berishi mumkin. Agar shunday holat sodir bo‘lsa, internet provayderingizga murojaat qiling.

Agar internet provayderingiz bu borada tegishli chorani ko‘rgandan keyin ham internetga ulanib bo‘lmasa, mahalliy Samsung do‘koni yoki xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.

Simli va simsiz routerlarni o‘rnatish uchun foydalanayotgan routeringiz foydalanish qo‘llanmasiga qarang.

Ushbu Samsung kir yuvish mashinasi Wi-Fi 2,4 GGts protokollarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu Samsung kir yuvish mashinasi IEEE802.11 b/g/n (2.4 GHz), Soft-AP protokollarini qo‘llab-quvvatlaydi. (IEEE802.11n tavsiya etiladi)

Tavsiya etilmaydigan simli/simsiz routerlar ushbu Samsung kir yuvish mashinasiga ulanmasligi mumkin.

Yuklab olish

Ilovalar do‘konidan (Google Play Store, Apple App Store, Samsung Galaxy Apps) SmartThings ilovasini izlang, buning uchun “SmartThings” izlov so‘zini kiriting. Ushbu ilovani qurilmangizga yuklab oling va o‘rnating.

IZOH

Android 6.0 (Marshmallow) yoki undan yuqori operatsion tizimda ishlovchi uchinchi tomon qurilmalarida, Android 5.0 (Lollipop) yoki undan yuqori operatsion tizimda ishlovchi Samsung qurilmalarida va iOS 10.0 yoki undan yuqori iOS qurilmalarida SmartThings ilovasidan foydalanish mumkin. (iPhone’dan foydalanganda,

u iPhone 6 yoki undan keyingi model bo‘lishi kerak). Ushbu ilova Samsung smartfonlari (Galaxy S va Note seriyalar) uchun optimallashtirilgan.

Ilovaning ayrim funksiyalari uchinchi tomon qurilmalarida boshqacha ishlashi mumkin.

Ilova ishlashini takomillashtirish maqsadida ilovaga ogohlantirishsiz o‘zgartirish qilinishi mumkin.

amallari Ishlatish

O‘zbekcha  41

WW90M74LNOA_DC68-03889Q_UZ.indd 41

 

 

2018/2/6 18:55:20