2-QADAM - Cho’ntaklarni bo’shatish

Yuviladigan kiyimlaringizning barcha cho’ntaklarini bo’shating

Kiyimlardagi tanga, to’g’nag’ich va to’qa kabi buyumlar boshqa kiyimlar hamda barabanni shikastlashi mumkin.

Tugma va kashtali kiyimlarini ichini ag’darib soling

Agar yuvish vaqtida shimlar va kurtkalarning zamoklari ochiq bo’lsa, baraban shikastlanishi mumkin. Zamoklar yopilishi va ip bilan bog’lab qo’yilishi kerak.

Uzun bog’ichlari bo’lgan kiyimlar boshqa kiyimlar bilan aralashib ketishi mumkin. Kir yuvishni boshlashdan avval iplarning biriktirib qo’yilganligiga ishonch hosil qiling.

3-QADAM - Kir yuvish to’ridan foydalanish

Ko’krakpechlar (suvda yuvish mumkin bo’lgan) kir yuvish to’riga joylashtirilishi kerak. Ko’krakpechlarning metall qismlari boshqa kirlarni teshishi va yirtishi mumkin.

Paypoq, qo’lqop, chulki paypoqlari va ro’molchalar singari kichkina va yengil kiyimlar eshikka tiqilib qolishi mumkin. Ularni nozik materialdan qilingan kir yuvish to’r qopchalariga joylashtiring.

Kir yuvish to’r qopchasini boshqa kirlarga qo’shmagan holda alohida yuvmang. Bu kir yuvish mashinasini siljitib yuborishi va shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo’lgan kuchli tebranishlarni hosil qilishi mumkin.

4-QADAM - Dastlabki yuvish (zarur bo’lgan hollarda)

Agar kir juda kirlangan bo'lsa, tanlangan yuvish sikli uchun dastlabki yuvish opsiyasini tanlang. Kir yuvish vositasini avtomatik emas, balki qo'l kuchi bilan solganda yoki suyuq yuvish vositasi ishlatganda, Dastlabki yuvish opsiyasidan foydalanmang.

5-QADAM - Yuklanish sig’imini aniqlash

Kir yuvish mashinasini ortiq darajada yuklantirmang. Ortiq darajada yuklantirish kir yuvish mashinasining to’g’ri yuvmasligiga olib kelishi mumkin. Kiyim turi uchun yuklanish sig’imini bilish uchun 35-sahifaga qarang.

IZOH

Choyshablar yoki parli adyollarni yuvishda yuvish vaqti ortishi yoki siqish samaradorligi pasayishi mumkin. Choyshablar yoki yostiq jildlari uchun tavsiya qilingan eng yuqori siqish tezligi 800 ayl./daq. va yuklanish sig'imi 2,0 kg yoki undan kam.

DIQQAT

Bir tekis taqsimlanmagan kir barabanning aylanishini kamaytiradi.

Kirlar barabanga yaxshilab solingan, eshikka qisilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

Eshikni qattiq yopmang. Eshikni ohista yoping. Aks holda, eshik yaxshi yopilmasligi mumkin.

avval tushirishdan Ishga

O‘zbekcha  27

WW90M74LNOA_DC68-03889Q_UZ.indd 27

 

 

2018/2/6 18:55:15