Xavfsizlik ma’lumoti

Ushbu xavfsizlik ma’lumoti mobil qurilmalar haqidagi axborotlardan iborat. Ba’zi ma’lumotlar qurilmangizga mos kelmasligi mumkin. O‘zingiz va atrofdagilarga shikast yetkazmaslik va qurilmani nosozliklardan saqlash uchun ushbu qurilmadan foydalanishdan oldin xavfsizlik ma'lumotlarini o‘qib chiqing.

Ogohlantirish

Xavfsizlik ogohlantirishlari va qoidalariga amal qilmaslik jiddiy shikastlanishga yoki o‘limga olib kelishi mumkin

Zararlangan elektr kabellari va vilkalaridan yoki bo‘shab qolgan elektr manbai uyasidan foydalanmang

Himoyalanmagan ulanishlar elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Elektr kabelini nam qo‘l bilan ushlamang yoki zaryadlash qurilmasini kabeldan tortish orqali chiqarmang

Bunday qilish elektr toki urishi natijasidagi o‘limga olib kelishi mumkin.

Elektr kabelini egmang yoki zararlamang

Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qurilmangiz zaryadlanayotgan vaqtda undan foydalanmang yoki uni nam qo‘lingiz bilan ushlamang

Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo‘lishi mumkin.

O'zbek