Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat davomida xizmat ko‘rsatishini ta’minlang

Qurilmani haftada bir marta zaryadlang, chunki ko‘p zaryadlash batareyaning xizmat ko‘rsatish muddatini kamaytiradi.

Vaqt o‘tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo‘qoladi va ularni ishlatishdan oldin zaryadlash zarur.

Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan chiqaring.

Batareyani faqatgina tegishli maqsadlar uchun foydalaning.

Batareyalarni uzoq muddat mobaynida ishlatmaslik uning xizmat qilish vaqtiga va samaradorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, bu batareyaning portlashiga yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qurilma va batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun ushbu qo‘llanmadagi barcha ko‘rsatmalarga amal qiling. Qo‘llanmada berilgan ogohlantirish va ko‘rsatmalarga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqqan tashqi zarar va ishlash muammolari ishlab chiqaruvchi kafolati tomonidan qoplanmasligi mumkin.

Vaqt o‘tishi bilan qurilmangiz eskirishi mumkin. Ma’lum bir vaqt oralig‘ida ba’zi qismlar va ta’mirlashlar kafolat tomonidan qoplanadi, lekin tasdiqlanmagan aksessuarlardan foydalanish oqibatida yuzaga kelgan zararlar qoplanmaydi.

Qurilmadan foydalanayotganda quyidagilarni yodda tuting

Oddiy telefondagi kabi uni ham tik holatda tuting.

Bevosita mikrofonga gapiring.

Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang

Qurilmangizdagi har qanday o‘zgartirishlar yoki takomillashtirishlar ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin. Qurilmangizni ta’mirlash zarur, uni Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.

Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu portlash yoki yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin.

O'zbek