Bolalarga yoki quvvatsiz kishilarga kir yuvish mashinasidan nazoratsiz foydalanishlariga yo’l qo’ymang. Bolalarning mashina ustiga chiqishlariga yo’l qo’ymang.

Bu elektr toki urishi, kuyish yoki jarohat olishga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda uning ostiga qo’llaringizni yoki metall buyumlarni tiqmang.

Bu jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini elektr manbaiga ulash shnuridan tortgan holda rozetkadan uzmang. Har doim vilkani mahkam ushlang va uni to’g’ridan-to’g’ri rozetkadan sug’urib oling.

Elektr manbaiga ulash shnurining shikastlanishi qisqa tutashuv, yong’in va/yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini o’zingizcha ta’mirlash, qismlarga ajratish yoki o’zgartirishga urinmang.

Standart shakldagi predoxranitellardan tashqari boshqa hech qanday predoxranitellardan (masalan, mis qo’yilma, po’lat sim va hokaso) foydalanmang.

Kir yuvish mashinasini ta’mirlash yoki qaytadan o’rnatish kerak bo’lgan hollarda o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong’in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Agar suv quyish shlangi krandan uzilsa va mashinani suvga ko’mib yubora boshlasa, elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasidan uzoq vaqt foydalanilmaslik yoki momaqaldiroq yoki chaqmoq bo’layotgan vaqtda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzib qo’ying.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasiga birorta begona buyum kirib qolgan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Bu elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Bolalarga (yoki uy hayvonlariga) kir yuvish mashinangizni yoki uning ichida o’ynashiga yo’l qo’ymang. Kir yuvish mashinasi eshigini ichkaridan ochish juda qiyin va agar bolalar mashina ichida tiqilib qolsalar, jiddiy jarohatlanishlari mumkin.

Foydalanishga oid ogohlantiruvchi ma’lumotlar

DIQQAT

Kir yuvish mashinasi kir yuvish vositasi, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona buyumlar bilan ifloslangan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va nam, yumshoq latta bilan kir yuvish mashinasini tozalang.

Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o’chishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan chiqishi yoki zanglashga olib kelishi mumkin.

Kuchli zarba ta’sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda ehtiyot bo’ling.

O‘zbekcha  11

Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

WD90N74LNOA_DC68-03902M_UZ.indd 11

2018/4/2 16:30:14

Page 155
Image 155
Samsung WD90N74LNOA/LP manual Foydalanishga oid ogohlantiruvchi ma’lumotlar