Ishga tushirishdan avval

Ishga tushirishdan avval

6-QADAM - To’g’ri kir yuvish vositasi turidan foydalanish

Kir yuvish vositasining turi mato turi (paxta, sintetika, nozik matolar, jun), rang, yuvish harorati va kirlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Doimo avtomat kir yuvish mashinalari uchun mo’ljallangan “kam ko’piklovchi” kir yuvish vositasidan foydalaning.

IZOH

Yuviladigan kirlarning og'irligi, kirlanganlik darajasi hamda hududingizdagi suvning qattiqlik darajasiga asoslangan holda kir yuvish vositasi ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga amal qiling. Suv qattiqligi darajasini aniq bilmasangiz, mahalliy suv ta'minoti organiga murojaat qiling.

Qattiqlashishga moyil bo'lgan kir yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday kir yuvish vositalari barabanning suv chiqarish tirqishlarini berkitgan holda chayish siklidan keyin qolishi mumkin.

Agar sikl davomida juda ko‘p ko‘pik hosil bo‘lsa, indikatorda "Sud" yozuvli xabar ko‘rinadi.

DIQQAT

Jun matolarni yuvish dasturi yordamida jun matolarni yuvganda, faqat neytral suyuq yuvish vositasidan foydalaning. Junli matolar dasturida foydalanilganda kukunli kir yuvish vositasi kirda qolishi va kirning rangini o'chirishi mumkin.

Kir yuvish kapsulalari

Kir yuvish kapsulalaridan foydalanishda maksimal samara olish uchun quyidagi yo‘riqlarni bajaring.

1. Kapsulani bo‘m-bo‘sh barabanning tubiga orqa tomoniga yaqinroq qo‘ying.

2. Kapsulani ustidan yuviladigan kirlarni joylashtiring.

DIQQAT

Sovuq suvda yuvadigan sikllar yoki bir soatdan kam vaqtda yakunlanadigan sikllarda kapsula to‘liq erimasligi mumkin.

30  O‘zbekcha

WD90N74LNOA_DC68-03902M_UZ.indd 30

2018/4/2 16:30:18

Page 174
Image 174
Samsung WD90N74LNOA/LP manual Qadam To’g’ri kir yuvish vositasi turidan foydalanish, Kir yuvish kapsulalari