O’rnatish

O’rnatish

8. Suv ta'minoti shlangining boshqa uchini kir yuvish mashinasining orqa panelidagi suv kiritish klapaniga ulang. Uni qotirish uchun shlangni soat mili yo'nalishida burang.

9. Suv kranini oching va ulanish sohasi atroflaridan hech qanday oqib chiqishlar yo'qligini tekshiring. Agar suv oqib chiqayotgan bo'lsa, yuqoridagi qadamlarni qaytadan bajaring.

OGOHLANTIRISH

Agar suv sizib chiqsa, kir yuvish mashinasini ishlatishni to‘xtating va elektr ta’minotidan uzing. So‘ng mahalliy Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling. Aks holda bu elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

DIQQAT

Suv ta'minoti shlangini kuch bilan tortmang. Agar shlang juda qisqa bo'lsa, shlangni uzunroq, yuqori bosimli shlang bilan almashtiring.

IZOH

Suv quyish shlangini adapterga ulaganingizdan keyin shlangni pastga tortgan holda uning to'g'ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.

Suv kranlarining keng tarqalgan turidan foydalaning. Kran to'rtburchak shaklga yoki haddan tashqari katta diametrga ega bo'lgan hollarda kranni adapterga birlashtirishdan avval oraliq halqani chiqarib oling.

24  O‘zbekcha

WD90N74LNOA_DC68-03902M_UZ.indd 24

2018/4/2 16:30:17

Page 168
Image 168
Samsung WD90N74LNOA/LP manual 24 O‘zbekcha