Smart Check

Bu funksiyani yoqish uchun avval Play Store yoki Apple Store-da Samsung Smart Washer-ni yuklab olib, kamerasi bor mobil qurilmaga o’rnating.

Smart Check funksiyasi quyidagilar uchun optimallashtirilgan: Galaxy va iPhone seriyalari (Faqat qo’llaniladigan modellar).

1.Mashina tekshirilishi kerak bo‘lgan biror muammoni aniqlaganda, displeyda axborot kodi ko‘rinadi. Aqlli tekshirish rejimiga kirish uchun Полоскание (Chayish) va Отжим (Siqish) tugmalarini bir vatqda 3 soniya bosib turing.

2.Kir yuvish mashinasi o’zini o'zi tekshiradi, agar muammo topilsa, xato kodini ko’rsatadi.

3.Mobil qurilmangizda Samsung Smart Washer ilovasini ishga tushiring va Smart Check tugmasini bosing.

4.Mobil qurilmani kir yuvish mashinasining ekraniga yaqin olib boring, bunda mobil qurilma bilan kir yuvish mashinasi yuzma-yuz holatda bo'lishi lozim. So'ng xato kodi avtomatik ravishda ilova tomonidan aniqlanadi.

5.Xato kodi to’g’ri aniqlanganida, ilova xato haqida batafsil ma’lumot va uni bartaraf etish choralarini ko’rsatadi.

IZOH

Funksiya nomi uchun, Smart Check, tilga qarab farq qilishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinasi ekranida yorug'lik akslansa, ilova xato kodini aniqlay olmasligi mumkin.

Agar ilova Smart Check kodini ketma-ket aniqlay olmasa, xato kodini ilova ekraniga qo'lda kiriting.

Xizmat ko‘rsatish

O‘zbekcha  51

WD90N74LNOA_DC68-03902M_UZ.indd 51

2018/4/2 16:30:23

Page 195
Image 195
Samsung WD90N74LNOA/LP manual Smart Check