Tizimga kirish

Avvalo Samsung akkaunt bilan SmartThings tizimiga kirishingiz kerak. Yangi Samsung akkaunt yaratish uchun ilovadagi yo‘riqlarni bajaring. Akkaunt yaratishingiz uchun alohida ilova shart emas.

IZOH

Agar allaqachon Samsung akkauntingiz bo‘lsa, shu akkaunt bilan tizimga kiring. Ro‘yxatga olingan Samsung smartfoni foydalanuvchisi avtomatik ravishda tizimga kiradi.

Qurilmangizni SmartThings’ga ro‘yxatdan o‘tkazish

1.Smartfoningiz simsiz tarmoqqa ulanganligiga ishonch hosil qiling. Agar ulanmagan bo‘lsa, smartfoningizda Settings (Sozlamalar) ga kiring va simsiz ulanishni yoqing va AP (ulanish nuqtasi) ni tanlang.

2.Smartfoningizda SmartThings ni ishga tushirish uchun uni tanlang.

3.“A new device is found.” (“Yangi qurilma topildi.”) xabari topilganda, Add (Qo‘shish) ni tanlang.

4.Agar xabar chiqmasa, + ni tanlang va mavjud qurilmalar ro‘yxatidan kir yuvish mashinasini tanlang. Agar kir

yuvish mashinasi ro‘yxatda bo‘lmasa, Device Type (Qurilma turi) > Specific Device Model (Ma’lum qurilma modeli) ni tanlang va so‘ng, kir yuvish mashinasini qo‘lda qo‘shing.

5.Kir yuvish mashinasini SmartThings ilovasiga quyidagicha ro‘yxatdan o‘tkazing.

a.Samsung akkaunt bilan SmartThings tizimiga kiring.

b.Wi-Fi ulanishni yoqing.

c.Kir yuvish mashinasini SmartThings’ga qo‘shing. Kir yuvish mashinasi SmartThings’ga ulanganligiga ishonch hosil qiling.

d.Ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlanganda, kir yuvish mashinasi smartfoningizda paydo bo‘ladi.

Kir yuvish mashinasi ilovasi

Integratsiyalashgan boshqarish: Uyda ham, yo‘lda ham kir yuvish mashinangizni nazorat qilish va boshqarishingiz mumkin.

SmartThings’dan kir yuvish mashinasi ikonachasini talang. Kir yuvish mashinasi sahifasi ko‘rinadi.

Kir yuvish mashinasi ish holatini yoki mashinaga oid bildirishnomalarni ko‘ring va zarur bo‘lsa, opsiyalar yoki sozlamalarni o‘zgartiring.

Ishlatish amallari

O‘zbekcha  47

WD90N74LNOA_DC68-03902M_UZ.indd 47

2018/4/2 16:30:23

Page 191
Image 191
Samsung WD90N74LNOA/LP Tizimga kirish, Qurilmangizni SmartThings’ga ro‘yxatdan o‘tkazish, Kir yuvish mashinasi ilovasi