Ehtiyot choralari

Ushbu qurilma faqat uy (maishiy) sharitida foydalanish uchun mo’ljallangan.

ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ

ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ

ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ

Vodoprovodga va elektr tarmog’iga ulash ishlari malakali mutaxassis tomonidan foydalanuvchi qo’llanmasi (“Kir yuvish mashinasini o’rnatish” bo’limiga qarang) va mahalliy qonunlarda ko’zda tutilgan texnika xavfsizligi qoidalari talablariga muvofiq bajarilishi kerak.

Kir yuvish mashinasini tozalash yoki unga texnik xizmat ko’rsatishga kirishishdan avval uni elektr tarmog’idan uzib qo’ying.

Foydalanilgandan so’ng albatta qurilmani elektr tarmog’idan uzib qo’ying va suv jo’mragini yoping.

Yuvish uchun mo’ljallangan kiyimlarning cho’ntaklari bo’sh bo’lishi kerak.

Tangalar, to’g’nag’ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o’tkir buyumlar kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.

Hech qachon uy hayvonlari va bolalarning qurilmani yoki uning ichida o’ynashlariga yo’l qo’ymang. Bu jarohat olishga sabab bo’lishi yoki o’limga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish sikli vaqtida shisha eshik kuchli darajada qiziydi. Kir yuvish vaqtida shisha eshikka tegmang.

Qurilmani o’zingizcha ta’mirlashga urinmang. Tajribasiz yoki malakasiz mutaxassis tomonidan bajarilgan ta’mirlash jarohat olishga sabab bo’lishi yoki yanada jiddiyroq ta’mirlash xizmati ko’rsatilishi zaruratiga olib kelishi mumkin.

Agar vilka (elektr manbaiga ulash kabeli) zararlangan bo’lsa, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida u ishlab chiqaruvchi firma vakili yoki xizmat ko’rsatish markazi xodimi tomonidan shunga o’xshash vilka bilan almashtirlishi kerak.

Ushbu kir yuvish mashinasiga texnik xizmat ko’rsatish faqat vakolatli xizmat ko’rsatish markazida va faqat haqiqiy ehtiyot qismlardan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.

Bolalarning (yoki uy hayvonlarining) qurilmani yoki uning ichida o’ynashlariga yo’l qo’ymang. Kir yuvish mashinasini eshigini ichkaridan ochilishi qiyin, shuning uchun bolalar kir yuvish mashinasining ichida qamalib qolgan hollarida jiddiy jarohat olishlari mumkin.

Agar ular nazorat ostida bo’lsalar yoki ularga ushbu mashinadan xavfsiz tarzda foydalanish to’g’risida ko’rsatmalar berilsa va ular bo’lishi mumkin bo’lgan xatarlarni anglab yetsalar, bu kir yuvish mashinasidan 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli bo’lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu kir yuvish mashinasini o’ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko’rsatish nazoratsiz tarzda bolalar tomonidan amalga oshirilmasligi kerak.

Ushbu kir yuvish mashinasidan xavfsiz tarzda foydalanish uchun foydalanuvchi qurilmadan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar bilan tanishib chiqishi va undan foydalanish vaqtida ehtiyot choralariga amal qilishi kerak.

Ushbu qurilmani shunday o’rnatish kerakki, elektr manbaiga ulash kabeli vilkasi, suvni quyish shlangi va suv chiqarish trubalaridan erkin foydalanish imkoni bo’lsin.

Qadoqlash materiallari bolalar uchun xavfli bo’lishi mumkin; barcha qadoqlash materiallarini (plastik paketlar, penoplast va xok.) bolalarning qo’llari yetmaydigan joylarda saqlang.

Tarkibida yog’, krem yoki loson mavjud bo’lgan suvdan foydalanmang.

Ushbu talabni bajarmaslik zichlovchilarning deformatsiyalanishiga olib kelishi mumkin, bu esa o’z navbatida qurtilma ishidagi uzilishlarga yoki suvning oqib ketishiga olib keladi.

6_ Ehtiyot choralari

WF8500NH-02583C-19_UZ.indd 6

2014/8/11 11:02:08

Page 118
Image 118
Samsung WF8500NMW9/YLP, WF1500NHW/YLP, WF8500NHW/YLP, WF8500NMW/YLE, WF8500NMW8/XEH, WF8500NHW/YLE manual Предупреждение