Kir yuvish mashinasini tozalash va unga texnik xizmat ko’rsatish

MUZLAB QOLGAN KIR YUVISH MASHINASINI TA’MIRLASH

Agar harorat suv muzlab qolish nuqtasidan pastroq tushid ketsa va kir yuvish mashinasi muzlab qolgan bo’lsa, quyidagi harakatlarni bajaring:

1.Kir yuvish mashinasini rozetkadan olib qo’ying.

2.Shlangni ajratib qo’yish uchun suvni quyish shlangi ulangan vodoprovod jo’mragi ustidan iliq suvni quying.

3.Suvni quyish shlangini yeching va uni iliq suvga solib qo’ying.

4.Kir yuvish mashinasining barabaniga iliq suvni quyib, uni 10 daqiqaga barabanda qoldiring.

5.Suvni quyish shlangini qaytadan jo’mrakka ulang hamda suvni quyish va chiqarish funksiyalar sozligini tekshiring.

KIR YUVISH MASHINASINI SAQLASH

Agar kir yuvish mashinasini uzoq muddat ichida saqlash zaruriyati bo’lsa, eng yaxshisi suvni to’kib tashlash va o’zgaruvchan tok tarmog’idan mashinani o’chirib qo’yish lozim. Kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi mumkin, agar uni saqlashga joylashtirishdan oldin shlanglardan va ichki qismlardan suv chiqarilmagan bo’lsa.

1.“Tez 29” rejimini tanlang va oqartirish uchun bo’limga oqartirgichni qo’shing. Kir yuvish mashinasida kirni yuklamasdan kir yuvish siklini ishga tushiring.

2.Vodoprovod jo’mraklarini burab qo’ying va suvni quyish shlanglarni uzib qo’ying.

3.Kir yuvish mashinasini elektr tarmog’idan ajratib qo’ying va barabanga toza havo kelishi uchun eshikni ochiq holda qoldiring.

Agar mashina Selsiy bo’yicha 0 darajadan pastroq haroratda saqlangan bo’lsa, unda uni ishlatishdan oldin mashinadagi suv erib ketishi uchun ma’lum vaqt bering.

28_ Kir yuvish mashinasini tozalash va unga texnik xizmat ko’rsatish

WF8500NH-02583C-19_UZ.indd 28

2014/8/11 11:02:13

Page 140
Image 140
Samsung WF1500NHW/YLP, WF8500NHW/YLP manual Muzlab Qolgan KIR Yuvish Mashinasini TA’MIRLASH, KIR Yuvish Mashinasini Saqlash