Kir yuvish mashinasi tegishli tartibda yerga ulangan bo’lishi lozim. Uni hech qachon yerga ulanmagan rozetkaga ulamang.
Yong’in chiqish yoki portlash xavfini oldini olish uchun quyidagi ehtiyot choralariga amal
ВНИМАНИЕqiling.
•Benzin, quruq kimyoviy tozalash uchun erituvchilar yoki boshqa yonuvchan yoki portlovchan moddalar bilan yuvilgan, xo’llangan yoki qayta ishlangan kirlarni yuvmang. Ular yonib ketishi yoki portlashi mumkin bo’lgan bug’lar ajratadilar. Kimyoviy tozalash uchun erituvchi, boshqa yonuvshan suyuqliklar yoki quruq moddalar ta’siriga uchragan kirni kir yuvish mashinasiga solishdan avval uni qo’lda chayib oling. Bunday suyuqliklar, quruq moddalar va gazlarning barcha izlari ketganligiga ishonch hosil qiling. Xavfli moddalarga quyidagilar kiradi: atseton, denaturlashgan spirt, benzin, kerosin, ayrim suyuq maishiy tozalash vositalari va dog’larni ketkazuvchi vositalar, skipidar, mum va mumni ketkazish vositalari.
•Kir yuvish mashinasiga benzin, quruq kimyoviy tozalash uchun erituvchilar yoki boshqa yonuvchan yoki portlovchan moddalarni qo’shmang.
•Ma’lum sharoitlarda ikki hafta yoki undan ko’proq vaqtdan beri foydalanilmayotgan issiq suv ta’minoti (masalan, isitish batareyasi) tizimi vodorod ishlab chiqarishi mumkin. VODOROD PORTLASH XAVFINI KELTIRIB CHIQARADI. Agar issiq suv ta’minoti tizimidan ikki hafta yoki undan ko’proq vaqtdan beri foydalanilmagan bo’lsa, kir yuvish mashinasidan foydalanishdan avval barcha issiq suv jo’mraglari ochib qo’yilishi va bir necha daqiqa vaqt davomida suvni oqizish kerak. Bu vodorod to’planishini bartaraf qiladi. Vodorod yonuvcham modda bo’lganligi uchun bir necha daqiqa davomida chekmang yoki gaz plitasini yoqmang.
Gaz chiqib ketgan hollarda darhol xonani shamollating va elektr manbaiga ulash kabeliga tegmang.
Kir yuvish mashinasiga texnik xizmat ko’rsatishdan avval kabelni rozetkadan uzing.
Yuvilishdan avval kiyimlarning cho’ntaklaridan begona narsalarni olib tashlang. Tangalar, to’g’nag’ichlar, mixlar, vintlar yoki toshlar singari qattiq, o’tkir buyumlar kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Katta to’qalari, tugmalari yoki boshqa og’ir metall buyumlari mavjud bo’lgan kiyimlarni yuvmang. Suv to’laligicha chiqarib yuborilmagan bo’lsa, kir yuvish mashinasi eshigini ochmang. Mashinaning eshikchani ochishdan avval suvning to’kib yuborilganligiga ishonch hosil qiling.
Kir yuvish mashinasini o’zingizcha ta’mirlamang, qismlarini almashtirmang va texnik xizmat ko’rsatish ishlarini bajarmang. Sertifikatga ega bo’lmagan mutaxassislar tomonidan bunday ishlarning bajarilishi kafolatning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasini yangi shlanglar majmuasidan foydalangan holda vodoprovodga ulang. Eski shlanglar majmuasidan foydalanmang.
Suv chiqarish shlanglari vatq o’tishi bilan eskiradi. Shlanglarda bo’rtiqlar, tugunlar, kesilgan joylar, eskirish izlari va suv oqishlarining mavjudligini muntazam tekshirib turing, zarur bo’lgan hollarda va kamida besh yilda bir marta ularni almashtiring.
Kir yuvish mashinasidan foydalanishdan avval barcha qadoqalsh materiallari va tashish boltlari olib qo’yilishi kerak. Agar ular olib qo’yilmasa, bu jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin.
Birinchi kir yuvishdan avval kir solmasdan turib kir yuvishning to’liq siklini ishga tushirish kerak. “Birinchi kir yuvish” bo’limiga qarang.
Ehtiyot choralari _5
2014/8/11 11:02:08