Samsung WF8500NMW8/XEH, WF1500NHW/YLP, WF8500NHW/YLP manual Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish

Models: WF8500NMW/YLP WF8500NHV/YLP WF8500NMW8/YLP WF1500NHW/YLP WF8500NHW/YLP WF8508NHW/YLP WF8500NHW/YLE WF8500NMW9/YLP WF8500NMW8/XEH WF8500NMW/YLE

1 148
Download 148 pages 52.77 Kb
Page 133
Image 133

Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish

Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Fuzzy Control” kir yuvishni avtomatik boshqarish tizimi tufayli kir yuvish juda oson bajariladi. Kir yuvish dasturini tanlashda mashina o’zi kir yuvishning to’g’ri harorati, vaqti va tezligini o’rnatadi, ularni siz ham o’z xohishingizga ko’ra o’zgartirishingiz mumkin.

1.Vodoprovod jo’mragini oching.

2.Yoqish tugmasini bosing.

3.Eshikchani oching.

4.Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari yuklanishiga yo’l qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.

5.Eshikchani yoping.

6.Tegishli bo’limlarga kir yuvish vositasi, kir konditsioneri va dastlabki kir yuvish vositalarni yuklab qo’ying (zarur bo’lsa).

Dastlabki kir yuvish rejimi “Paxta”, “Sintetika”, “Bolalar kiyimlari” va “Jadal” dasturi tanlangan hollatdagina mavjud. Dastlabki kir yuvish faqat kir juda ifloslanganida kerak.

7.Materialning turiga muvofiq kerakli siklni tanlash uchun sikllar ulagichini ishlating: “Paxta”, “Sintetika”, “Junni qo’lda yuvish”, “Bolalar kiyimlari”, “Jadal”, “Tez 29”. Boshqarish panelida tegishli indikatorlar yonib turadi.

8.Endi tegishli tugmalar yordamida kir yuvish harorati, chayish soni, siqish uchun aylanmalar soni va kir yuvishni qoldirish vaqtlarni tanlash mumkin.

9.Start/Pauza tugmasini bosing va kir yuvish boshlanadi. Kir yuvish indikatori yonadi va displeyda siklning qolgan vaqti aks ettiriladi.

Pauza funksiyasi

Kir yuvish boshlanganidan so’ng 5 daqiqa davomida kirni qo’shish yoki olish mumkin.

1.Eshikni blokdan chiqarish uchun Start/Pauza tugmasiga bosing.

Agar suv juda ISSIQ bo’lsa yoki suvning sathi juda YUQORI bo’lsa, eshikni ochish mumkin emas.

2.Eshik yopilganidan so’ng kir yuvishni davom ettirish uchun Start/Pauza tugmasini bosing.

Kir yuvish sikli tugadi:

Kir yuvishning butun sikli tugaganidan so’ng kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o’chadi.

1.Eshikni oching.

2.Kirni oling.

ельябак ир 02 ст

kir yuvish _21

WF8500NH-02583C-19_UZ.indd 21

2014/8/11 11:02:12

Page 133
Image 133
Samsung WF8500NMW8/XEH, WF1500NHW/YLP, WF8500NHW/YLP, WF8500NMW/YLE, WF8500NHW/YLE Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish