kir yuvish mashinasini tozalash va xizmat ko’rsatish

Muzlab qolgan kir yuvish mashinasini ta’mirlash

Agar harorat suv muzlab qolish nuqtasidan pastroq tushid ketsa va kir yuvish mashinasi muzlab qolgan bo’lsa, quyidagi harakatlarni bajaring.

1.Kir yuvish mashinasini rozetkadan olib qo’ying.

2.Shlangni ajratib qo’yish uchun suvni quyish shlangi ulangan vodoprovod jo’mragi ustidan iliq suvni quying.

3.Suvni quyish shlangini yeching va uni iliq suvga solib qo’ying.

4.Kir yuvish mashinasining barabaniga iliq suvni quyib, uni 10 daqiqaga barabanda qoldiring.

5.Suvni quyish shlangini qaytadan jo’mrakka ulang hamda suvni quyish va chiqarish funksiyalar sozligini tekshiring.

Kir yuvish mashinasini saqlash

Agar kir yuvish mashinasini uzoq muddat ichida saqlash zaruriyati bo’lsa, eng yaxshisi suvni to’kib tashlash va o’zgaruvchan tok tarmog’idan mashinani o’chirib qo’yish lozim. Kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi mumkin, agar uni saqlashga joylashtirishdan oldin shlanglardan va ichki qismlardan suv chiqarilmagan bo’lsa

1."Хлопок (Paxta)" siklini tanlang, So’ngra, “Быстрая стирка (Tez kir yuvish)” tugmasini bosing va kir mashinasiga kirlarni solmagan holda ushbu siklda kir yuvish mashinasini ishga tushiring.

2.Vodoprovod jo’mraklarini burab qo’ying va suvni quyish shlanglarni uzib qo’ying.

3.Kir yuvish mashinasini elektr tarmog’idan ajratib qo’ying va barabanga toza havo kelishi uchun eshikni ochiq holda qoldiring.

Agar mashina Selsiy bo’yicha 0 darajadan pastroq haroratda saqlangan bo’lsa, unda uni ishlatishdan oldin mashinadagi suv erib ketishi uchun ma’lum vaqt bering.

36_ kir yuvish mashinasini tozalash va xizmat ko’rsatish

WF906P4SA-03205E-07_UZ.indd 36

2014/8/19 15:02:37

Page 168
Image 168
Samsung WF906P4SAWQ/LP, WF906P4SAGD/LP Muzlab qolgan kir yuvish mashinasini ta’mirlash, Kir yuvish mashinasini saqlash