Muzxona eshigiga osilmang va o‘tirmang.

-Eshik sinib, tan jarohati olishga sabab bo‘lishi mumkin.

Bolalarning jihoz ichida qamalib qolishlarining oldini olish uchun, tortma ajratgichini tozalaganingizdan yoki boshqa maqsadlarda chiqarib olganingizdan so‘ng, uni ta‘minlangan murvatlar bilan o‘z joyiga qayta o‘rnatib qo‘ying.

Dispenser teshigiga hech qachon barmoqlaringizni tiqmang.

-Ushbu talabga rioya qilmaslik tan jarohati olish yoki moddiy zarar ko‘rishga sabab bo'lishi mumkin.

Benzol, suyultirgich, spirt yoki suyultirilgan gaz kabi o‘zgaruvchan va o‘t oluvchi moddalarni muzlatgich ichida saqlamang.

-Shu kabi mahsulotlarni muzlatgich ichida saqlash, portlashga sabab bo‘lishi mumkin.

Muzlatgichda haroratga sezgir farmatsevtik mahsulotlari, ilmiy tadqiqot ashyolari yoki past haroratga sezgir mahsulotlarni saqlamang.

-Muayyan harorat nazoratini qat'iy talab qiluvchi mahsulotlarni muzlatgichda saqlamang.

Ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan elektr jihozlardan o'zga turdagilarni muzlatgichga joylashtirmang va

uning ichida foydalanmang.

Muzlatgich ichini quritish maqsadida sochni quritish jihozidan foydalanmang. Yoqimsiz hidlarni ketkazish uchun yoqilgan (xushbo‘y) shamni muzlatgich ichiga joylashtirmang.

-Bu elektr quvvatidan zarba olish yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Muzlatgich ichki devorlariga yoki muzlatgichda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarga nam qo'llaringiz bilan tegmang.

-Bu sovuq urishga olib kelishi mumkin.

Muz erishi jarayonini tezlashtirish uchun ishlab chiqaruvchi tavsiya qilganlaridan o'zga mexanik qurilmalar va boshqa vositalardan foydalanmang.

Sovitish kimyoviy moddasining aylanish sxemasiga zarar yetkazmang.

• Ushbu muzlatgich faqat uy muhitida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchungina mo'ljallangan.

Shisha idishlari tushib ketmasligi uchun, muzlatgich ichida ular bir- biriga zich joylashtirilishi kerak.

Gaz chiqishi aniqlangan hollarda (propan gazi, suyultirilgan gaz va boshqa gazlar), elektr quvvat

O'zbekcha - 8

DA68-03015J-11.indb 8

2017. 11. 27. ￿￿ 3:20

Page 104
Image 104
Samsung RH60H90203L/WT, RH60H90207F/WT manual Muzxona eshigiga osilmang va o‘tirmang, Uning ichida foydalanmang