O'RNATISH BO'YICHA

DIQQAT

OGOHLANTIRISH

BELGILARI

• Jihoz korpusi yoki o'rnatish tuzilmasidagi havo almashish tirqishlarining to'silib qolishiga yo'l qo'ymang.

Jihozni o'rnatgandan keyin 2 soat kuting.

-Muztalgichni o'rnatganda mustahkam o'rnatish uchun har ikkala oyoqchalarning polga tegib turganligiga ishonch hosil qiling. Oyoqchalar har bir eshikning quyi orqa tarafida joylashgan. Yassi otvertkani soling va u tekis bo'lgunicha otvertkani mil yo'nalishida burang.

-Doimo har bir eshikdagi yuklanishni muvozanatlang.

-Birorta eshikdagi ortiqcha yuklanish jismoniy shikast yetkazgan holda muzlatgichning yiqilishiga olib kelishi mumkin.

FOYDALANISH BO'YICHA

OGOHLANTIRISH

MUHIM OGOHLANTIRISH BELGILARI

• Elektr quvvat vilkasini nam qo'l bilan rozetkaga tiqmang.

Muzlatgich kamerasi ustiga narsalar qo'ymang.

-Muzlatgich eshigini ochganingizda yoki yopganingizda uning ustidagi narsalar tushib ketishi va shaxsiy jarohatlanishga va/yoki moddiy zararga sabab bo'lishi mumkin.

Suv to'ldirilgan idishlarni muzlatgich ustiga qo'ymang.

-Agar suv to'kilib ketsa, elektr quvvatidan zarba olishingiz yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Bolalar muzlatgich kamerasi eshigiga osilishiga yo'l qo'ymang.

-Ushbu talabga rioya qilmaslik, jiddiy shaxsiy tan jarohati olishga sabab bo‘lishi mumkin.

Muzlatgich eshiklarini muzlatgichdan foydalanmayotgan vaqtda ochiq qoldirib ketmang va bolalarni uning ichiga kirib olishlariga yo‘l qo‘ymang.

Chaqaloqlar va bolalarning tortma ichiga kirib olishlariga yo‘l qo‘ymang.

-Bu qamalib qolish natijasida bo‘g‘ilib o‘lish yoki tan jarohati olishga sabab bo‘lishi mumkin.

TEXNIKA XAVFSIZLIGI BO'YICHA MA'LUMOTLAR

O'zbekcha - 7

DA68-03015J-11.indb 7

2017. 11. 27. ￿￿ 3:20

Page 103
Image 103
Samsung RH60H90207F/WT manual Jihozni ornatgandan keyin 2 soat kuting, Doimo har bir eshikdagi yuklanishni muvozanatlang