Elektr quvvatini tejash bo'yicha maslahatlar

-Jihozni havosi yaxshi almashadigan salqin va quruq xonaga o'rnating.

U bevosita quyosh nuri ta'siri ostiga tushmasligiga ishonch hosil qiling va uni hech qachon issiqlik manbai (masalan, isitish radiatori) yaqiniga joylashtirmang.

-Jihozning havo almashish tirqishlari yoki simto'rlarini to'sib qo'ymang.

-Issiq ovqat mahsulotini jihozga joylashtirishdan avval uning sovushini poylang.

-Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini eritish uchun muzlatgichga qo'ying. So'ng muzlatilgan oziq- ovqat mahsulotlarining past haroratidan muzlatgichdagi oziq- ovqat mahsulotlarini sovitishda foydalanishingiz mumkin.

-Oziq-ovqat mahsulotini jihozga joylashtirish yoki undan chiqarib olish vaqtida uning eshigini uzoq vaqt davomida ochib qo‘ymang. Jihoz eshigi qancha kam vaqt davomida ochiq qoldirilsa, muzxonaning ichida shuncha kam muz hosil bo‘ladi.

-Muzlatgich kamerasining orqa tomonini muntazam tozalab turing. Yig'ilgan chang elektr quvvat sarfini oshiradi.

-Haroratni keragidan pastroq darajaga o'rnatmang.

-Muzlatgich baza bloki va orqa devoridan yetarlicha havo chiqib turishiga ishonch hosil qiling. Havo almashish tirqishlarini yopib qo'ymang.

-O'rnatishda o'ng, chap, orqa va yuqoridan bo'sh joy qoldiring. Bu elektr quvvat iste'molini kamaytiradi va natijada elektr quvvat uchun xarajatlaringiz ham kamayadi.

-Elektr quvvatdan samarali tarzda foydalanish uchun savatchalar, surilma qutilar, javonlar kabi barcha ichki moslamalarni ishlab chiqaruvchi tomonidan ta'minlangan o'rinda saqlang.

Bu qurilma uy sharoitida va

-do'konlardagi oshxona hududlari, ofislar va boshqa ish muhitlari;

-fermer xo'jaliklarida va mehmonxonalar, motellar va boshqa turar-joy muhitlaridagi mijozlar tomonidan;

-uxlash va nonushta turidagi muhitlarda;

-umumiy ovqatlanish va shunga o'xshash chakana savdo uchun qo'llanilmaydigan boshqa joylarda foydalanish uchun mo'ljallangan.

O'zbekcha - 14

DA68-03015J-11.indb 14

2017. 11. 27. ￿￿ 3:20

Page 110
Image 110
Samsung RH60H90203L/WT, RH60H90207F/WT manual Bu qurilma uy sharoitida va, Uxlash va nonushta turidagi muhitlarda