SOVUQ SUV DISPENSERIDAN FOYDALANISH

O‘zingiz xohlagan muz shaklini tanlab, muz chiqarish uchun unga mos tugmani bosing.

MUZ YO‘Q

Agar muz tayyorlagichni o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, ushbu tugmani bosing

Muz dastagidan foydalanish ( 1 )

Muz dispenseri dastagini ( 1 ) stakaningiz bilan ohista bosing.

Dispenserdan muz chiqish boshlanadi.

Bo‘lakli yoki maydalangan muz tugmalarini bosib, muz shaklini tanlashingiz mumkin.

Suv dastagidan foydalanish ( 2 )

Suv dispenseri dastagini ( 2 ) stakaningiz bilan ohista bosing.

Dispenserdan suv chiqish boshlanadi.

(1 )

(2 )

Garchi suv va muz dastaklarini bir paytda bosgan bo‘lsangiz ham, dispenser aslida qaysi dastak birinchi bosilganiga qarab ishlaydi.

Stakanchaga suv quyilgach, suv to‘kilmasligi uchun uni chiqarishdan oldin 1 soniya kuting.

Muz yoki suv chiqargandan so‘ng, dispenser dastagini tortmang.

Uning o‘zi avtomatik ravishda orqaga qaytadi.

Muz va suv dispenseridan birgalikda foydalanish

Muz va suv olish uchun avval muz dastagini ( 1 ) bosing, keyin stakanchani pastga surib, suv olish uchun suv dispenseri dastagini ( 2 ) bosing.

Stakanni dispenserdan olishdan oldin suv DIQQAT to‘kilmasligi uchun 2 soniya kuting.

Agar muzlatgich eshigi ochiq bo‘lsa, dispenser ishlamaydi.

Dastakni tortmang.

Dastakning prujinasiga zarar yetkazish yoki sindirib qo‘yishingiz mumkin.

Muzdon/muz chelakchasini tozalash uchun yumshoq yuvish vositasi bilan yuving, yaxshilab chaying va quriting.

Qattiq yoki abraziv tozalovchi vositalar va eritgichlardan foydalanmang.

Agar dispenserdan muz chiqmasa, muz chelakchasini chiqarib oling va muz tayyorlagichning o‘ng tomonida joylashgan "Test" (Sinash) tugmasini bosing.

Patnis muz yoki suv bilan to‘lgach, "Test" (Sinash) tugmasini uzluksiz bosib turmang. Suv toshib ketishi yoki chelakchaga muz tiqilib qolishi mumkin.

• "Test" (Sinash) tugmasini bosganingizda, muzlatgichning qo‘ng‘iroq chalganini (ding-dong) eshitasiz. Qo‘ng‘iroq chalinganda, "Test" (Sinash) tugmasini qo‘yib yuboring.

Muz tayyorlagich yaxshi ishlayotganligini bildirish uchun qo‘ng‘iroq avtomatik ravishda yana chalinadi.

Agar elektr quvvat ta’minotida uzilish DIQQAT yuz bersa, muz bo‘lakchalari erib

ketishi mumkin. Elektr quvvat ta’minoti tiklanganda erigan muz bo‘lakchalari qaytadan birga muzlashi dispenserning ishlashini izdan chiqarishi mumkin.

Bu muammoning oldini olish uchun elektr quvvat ta’minoti uzilgan paytda muz chelakchasini chiqarib oling va undagi muz yoki suvni to‘kib yuboring.

O'zbekcha - 36

DA68-03015J-11.indb 36

2017. 11. 27. ￿￿ 3:20

Page 132
Image 132
Samsung RH60H90203L/WT manual Sovuq SUV Dispenseridan Foydalanish, Muz dastagidan foydalanish, Suv dastagidan foydalanish