Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo’lsa, xatarlarning oldini olish uchun u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko’rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan almashtirilishi kerak.

Ushbu kir yuvish mashinasi elektr tarmog’iga ulash shnuri, vodoprovod krani va suv chiqarish trubasidan foydalanish mumkin bo’lgan tarzda o’rnatilishi kerak.

Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo’lgan qurilmalarda gilam ushbu tirqishlarni to’sib qo’ymasligi kerak.

Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to’plamidan foydalanilishi va eski shlanglar to’plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.

DIQQAT

Issiqlik o’chirgichining tasodifiy qayta o’rnatilishi tufayli yetadigan zararlarning oldini olish uchun qurilma taymer singari tashqi o’chirib-yoqish qurimasi orqali elektr toki bilan ta’minlanmasligi yoki xizmat ko’rsatuvchilar tomonidan muntazam ravishda o’chirib- yoqiluvchi zanjirga ulanmasligi kerak.

Tozalashda sanoatda qo'llaniladigan kimyoviy moddalar qo'llanganda, quritish mashinasidan foydalanilmasin.

Zarar bo'lsa, qil va ipchalar filtrini tozalash lozim.

Quritish mashinasi bo'ylab qil va ipachapar to'planib qolishiga yo'l qo'ymaslik kerak. (binodan tashqariga chiqarib tashlovchi mashinalarga tegishli emas)

Boshqa yoqilg'ilarda, shu jumladan, ochiq olovda ishlovchi jihozlardan chiqadigan gazlarning xonaga qaytib kirishini oldini olish uchun yetarlicha ventilyatsiyani ta'minlash kerak.

Yuvilmagan narsalarni quritish mashinasida quritmang.

O'simlik yog'i, atseton, spirt, benzin, kerosin, dog' ketkazuvchi vositalar, terpentin, mum va mum ketkazuvchi vositalar bilan kirlangan narsalarni qo'shimcha miqdorda kir yuvish vositasi bilan yuvgandan so'nggina, quritish mashinasida quritish lozim.

Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

O'zbekcha  5

WD70J5410AW_03588E-03_UZ.indd 5

2017/3/2 15:19:24

Page 185
Image 185
Samsung WD70J5410AW/LD manual Diqqat