Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

Kir yuvish mashinasidan oqib chiqayotgan suv kuyishga sabab bo’lishi yoki polni sirpanchiq qilishi mumkin. Bu jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.

Eshikni kuch bilan ochish mashinaning ishdan chiqishiga yoki jarohat olishiga sabab bo’lishi mumkin.

Mashina ishlayotgan vaqtda uning ostiga qo’llaringizni tiqmang.

Bu jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.

Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo’llaringiz bilan tegmang.

Bu elektr toki urishiga sabab bo’lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda elektr manbaiga ulash vilkasini sug’urish orqali mashinani o’chirmang.

Elektr manbaiga ulash vilkasini yana rozetkaga ulash uchqun chiqishiga sabab bo’lishi va elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Bolalarga yoki quvvatsiz kishilarga kir yuvish mashinasidan nazoratsiz foydalanishlariga yo’l qo’ymang. Bolalarning mashina ustiga chiqishlariga yo’l qo’ymang.

Bu elektr toki urishi, kuyish yoki jarohat olishga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi ishlayotgan vaqtda uning ostiga qo’llaringizni yoki metall buyumlarni tiqmang.

Bu jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini elektr manbaiga ulash shnuridan tortgan holda rozetkadan uzmang. Har doim vilkani mahkam ushlang va uni to’g’ridan-to’g’ri rozetkadan sug’urib oling.

Elektr manbaiga ulash shnurining shikastlanishi qisqa tutashuv, yong’in va/yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasini o’zingizcha ta’mirlash, qismlarga ajratish yoki o’zgartirishga urinmang.

Standart shakldagi predoxranitellardan tashqari boshqa hech qanday predoxranitellardan (masalan, mis qo’yilma, po’lat sim va hokaso) foydalanmang.

Kir yuvish mashinasini ta’mirlash yoki qaytadan o’rnatish kerak bo’lgan hollarda o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong’in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Agar suv quyish shlangi krandan uzilsa va mashinani suvga ko’mib yubora boshlasa, elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasidan uzoq vaqt foydalanilmaslik yoki momaqaldiroq yoki chaqmoq bo’layotgan vaqtda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzib qo’ying.

Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasiga birorta begona buyum kirib qolgan hollarda elektr manbaiga ulash vilkasini rozetkadan uzing va o’zingizga eng yaqin joylashgan xizmat ko’rsatish markaziga murojaat qiling.

Bu elektr toki urishi yoki yong’inga olib kelishi mumkin.

10  O'zbekcha

WD70J5410AW_03588E-03_UZ.indd 10

2017/3/2 15:19:24

Page 190
Image 190
Samsung WD70J5410AW/LD manual Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar