Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

Ko'pik rezina, (lateksli ko'pik rezina), cho'milganda boshga kiyiladigan qalpoqlar, suv o'tkazmaydigan matolar, rezina taglikli narsalar va ko'pik rezina tagliklar bilan to'ldirilgan kiyimlar yoki yostiqlarni quritish mashinasida quritish mumkin emas.

Mato yumshatgich yoki shunga o'xshash boshqa vositalardan ularning ishlab chiqaruvchilar tomonidan berilgan yo'riqlar asosida foydalanish lozim.

Quritish uchun mashinaga solingan narsalarga zarar yetmasligi uchun quritish jarayonining oxirgi bosqichi issiq berilmasdan (sovutish bosqichi) amalga oshiriladi.

Sigareta yondirgich, gugurt kabi narsalarni cho'ntaklardan olib qo'ying.

OGOHLANTIRISH

Kiyimlarni zudlik bilan mashinadan olib, issiqlik tarqab ketishi uchun tezda yoyish zarurati bo'lmasa, hech qachon quritish jarayoni yakuniga yetmasdan mashinani to'xtatmang.

Odatda, gaz yoki boshqa yoqilg'ilar yoqiladigan jihozlardan chiquvchi tutunni chiqarib yuborishda foydalaniladigan mo'ri orqali mashinadan chiqadigan gazni chiqarish mumkin emas.

Mashinani qulflanadigan eshik, surilma eshik orqasida yoki oshiq-moshig'i mashina eshigi oshiq-moshig'iga nisbatan qarama-qarshi tomonda joylashgan eshik orqasida, quritish mashina eshigining to'liq ochilishiga yo'l qo'ymaydigan holatda o'rnatmaslik lozim.

6  O'zbekcha

WD70J5410AW_03588E-03_UZ.indd 6

2017/3/2 15:19:24

Page 186
Image 186
Samsung WD70J5410AW/LD manual Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar