Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar

Kir yuvish mashinasidan biznes maqsadlarida foydalanish mashinadan noto’g’ri foydalanish hisoblanadi. Bunday hollarda kir yuvish mashinasiga nisbatan Samsung tomonidan beriladigan kafolat qo’llanilmaydi va bunday noto’g’ri foydalanish natijasidagi nosozliklar yoki shikastlanishlar uchun javobgarlikni Samsung zimmasiga yuklab bo’lmaydi.

Kir yuvish mashinasining ustiga chiqmang yoki kir yuvish mashinasi ustiga buyumlarni (yuviladigan kirlar, yoqilgan shamlar, yoqilgan sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar) qo’ymang.

Bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolar yoki jarohatlanishlarga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi sirtiga insektitsidlar kabi tez bug’lanuvchi materiallarni sepmang.

Odam uchun xavfli bo’lish bilan bir paytda bu elektr toki urishi, yong’in chiqishi yoki mahsulotning ishlashi bilan bog’liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish mashinasi yaqiniga elektromagnit maydonlar hosil qiluvchi buyumlarni joylashtirmang.

Bu noto’g’ri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.

Yuqori haroratli yuvish yoki quritish rejimlarida chiqariladigan suvning harorati yuqori bo’ladi. Bunday suvga tegmang.

Bu kuyish yoki jarohat olishga sabab bo’lishi mumkin.

Agar kir yuvish mashinangizda ushbu buyumlarni yuvish uchun maxsus rejim mavjud bo’lmasa, o’tirg’ichlar uchun suv o’tkazmaydigan to’shamalar, bo’yralar yoki kiyimlarni (*) yuvmang, siqmang yoki quritmang.

(*): Jundan qilingan choyshablar, yomg’irga qarshi nakidkalar, baliqchilarning jiletlari, chang’ichilarning shimlari, uxlash uchun yostiqchalar, yo’rgak qoplamalari, bolalar tagliklari hamda velosipedlar, mototsikllar va mashinalarni yopish uchun tentlar va hokazo.

Hattoki yorlig’ida kir yuvish mashinasi belgisi ko’rsatilgan bo’lsa ham, qalin yoki qattiq to’shamalarni yuvmang. Bu ortiqcha tebranishlar tufayli shikastlanishga yoki kir yuvish mashinasi, devorlar, pol yoki kiyimlarga zarar yetkazishga olib kelishi mumkin.

Ushbu kir yuvish mashinasida gilamchalar yoki rezina tagligi bo’lgan gilamchalarni yuvmang. Rezina taglik ajralib ketishi va baraban ichiga yopishib qolishi, bu esa suv chiqarish xatoligi kabi toto’g’ri ishlashlarga olib kelishi mumkin.

Kir yuvish vositasi qutisi o’z joyiga qo’yilmagan holda kir yuvish mashinasini ishga tushirmang.

Bu suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Quritish vaqtida yoki quritish nihoyasiga yetishi bilan bakning ichiga tegmang, chunki u issiq bo’ladi.

Bu kuyishga sabab bo’lishi mumkin.

Qo’lingizni kir yuvish vositasi qutisi ichiga tiqmang.

Bu jarohatlanishga olib kelishi mumkin, chunki qo’lingiz kir yuvish vositasini solish tizimi tomonidan ushlab qolinishi mumkin.

Suyuq holatdagi kir yuvish vositasi yo'naltirgichi (faqat tegishli modellar uchun) kukun holatdagi yuvish vositasi uchun foydalanilmasin. Kukun holatidagi yuvish vositasidan foydalanganda yo'naltirgichni olib qo'ying.

12  O'zbekcha

WD70J5410AW_03588E-03_UZ.indd 12

2017/3/2 15:19:24

Page 192
Image 192
Samsung WD70J5410AW/LD manual Xavfsizlik bo’yicha ma’lumotlar