Samsung WD70J5410AW/LD manual Nasos filtri, Ko’pik effekti samaradorligi pasayishi mumkin

Models: WD70J5410AW/LD

1 240
Download 240 pages 56.25 Kb
Page 225
Image 225

Nasos filtri

Nasos filtri to'lib qolishini oldini olish uchun uni yiliga 5 yoki 6 marta tozalash tavsiya qilinadi. Nasos filtri to'lib qolsa,

ko’pik effekti samaradorligi pasayishi mumkin.

A

IZOH

1.Kir yuvish mashinasini o’chiring va elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini rozetkadan uzing.

2.43-sahifadagi “Favqulodda holatda suvni chiqarib tashlash” ga qaragan holda baraban ichidagi qoldiq suvlarni chiqarib yuboring.

3.Ochish uchun filtr qopqog’ining yuqori sohasini astalik bilan bosing.

4.Nasos filtr kallagini (A)chapga burang va qolgan suvni chiqarib tashlang.

5.Yumshoq cho'tka yordamida nasos filtrini tozalang. Filtr ichidagi suv chiqarish nasosi parragining tiqilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.

6.Nasos filtrini joyiga qaytib o'rnating va filtr kallagini o'ngga burang.

IZOH

Ayrim nasos filtrlarida xavfsizlik kallagi bo'lib, u bolalar tomonidan sodir etiladigan baxtsiz hodisalarni oldini olish uchun mo'ljallangan. Nasos filtri xavfsizlik kallagini ochish uchun uni itarib, soat mili yo'nalishiga teskari yo'nalishda burang. Xavfsizlik kallagining prujinali mexanizmi filtrni ochishga yordam beradi.

Nasos filtri xavfsizlik kallagini yopish uchun uni soat mili yo'nalishida burang. Prujina tirqillagan tovush chiqaradi, bu normal holat.

Texnik xizmat ko’rsatish

Agar nasos filtri to'liv qolgan bo'lsa, displey ekranida “5C” xatolik kodi paydo bo'ladi.

DIQQAT

Filtrni tozalagandan keyin filtr qopqog'ining to'g'ri yopilganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda bu suvning oqib ketishiga olib kelishi mumkin.

Tozalagandan keyin filtrning to'g'ri solinganligiga ishonch hosil qiling. Aks holda bu ishlash xatoligi yoki suvning oqib ketishiga olib kelishi mumkin.

O'zbekcha  45

WD70J5410AW_03588E-03_UZ.indd 45

2017/3/2 15:19:33

Page 225
Image 225
Samsung WD70J5410AW/LD manual Nasos filtri, Ko’pik effekti samaradorligi pasayishi mumkin