Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish

Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Fuzzy Control” kir yuvishni avtomatik boshqarish tizimi tufayli kir yuvish juda oson bajariladi. Kir yuvish dasturini tanlashda mashina o’zi kir yuvishning to’g’ri harorati, vaqti va tezligini o’rnatadi, ularni siz ham o’z xohishingizga ko’ra o’zgartirishingiz mumkin.

1.Vodoprovod jo’mragini oching.

2.Вкл./Выкл. (Yoqish/O'chirish) tugmasini bosing.

3.Eshikchani oching.

4.Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari yuklanishiga yo’l qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.

5.Eshikchani yoping.

6.Tegishli bo’limlarga kir yuvish vositasi va kerak bo'lsa kir konditsioneri eki dastlabki kir yuvish vositalarni yuklab qo’ying.

Dastlabki kir yuvish rejimi Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Джинсы (Djins), Спортивные вещи (Sport kiyimlari), Постельное белье (Ko’rpa-to’shak anjomlari), Детские вещи (Bolalar buyumlarini yuvish), Темные вещи (To’q rangdagi buyumlar) va Ежедневная (Kundalik yuvish) dasturi tanlangan hollatdagina mavjud. Yuviladigan buyumlar juda kirlangan hollardagina dastlabki kir yuvishdan foydalanish talab qilinadi.

7.Mato turiga mos holda kerakli siklni tanlash uchun Sikllar pereklyuchatelidan foydalaning: Хлопок (Paxta), Синтетика (Sintetika), Джинсы (Djins), Спортивные вещи (Sport kiyimlari), Постельное белье (Ko’rpa-to’shak anjomlari), Ручная стирка (Qo’lda yuvish), Очистка барабана Eco (Barabanni Eco tozalash), Детские вещи (Bolalar buyumlarini yuvish), Темные вещи (To’q rangdagi buyumlar), Ежедневная (Kundalik yuvish), Шерсть (Jundan qilingan buyumlar). Boshqaruv panelida tegishli indikatorlar yonadi.

8.Endi tegishli tugmalar yordamida kir yuvish harorati, chayish soni, siqish uchun aylanmalar soni va kir yuvishni qoldirish vaqtlarni tanlash mumkin.

9.Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasini bosing va kir yuvish boshlanadi. Kir yuvish indikatori yonadi va displeyda siklning qolgan vaqti aks ettiriladi.

Pauza funksiyasi

Kir yuvish boshlanganidan so’ng 5 daqiqa davomida kirni qo’shish yoki olish mumkin.

1.Eshikni blokdan chiqarish uchun Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasiga bosing.

Agar suv juda ISSIQ bo’lsa yoki suvning sathi juda YUQORI bo’lsa, eshikni ochish mumkin emas.

2.Eshik yopilganidan so’ng kir yuvishni davom ettirish uchun Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasini bosing.

Kir yuvish sikli tugaganida:

Kir yuvishning butun sikli tugaganidan so’ng kir yuvish mashinasi avtomatik ravishda o’chadi.

1.Eshikchani oching.

2.Kirni oling.

02 kir yuvish

kir yuvish _27

WF1802NFWS-02974B-14_UZ.indd 27

2017/3/8 10:51:34

Page 159
Image 159
Samsung WF1802NFWS/YLP manual Sikllar ulagichini ishlatib kir yuvish, Pauza funksiyasi, Kir yuvish sikli tugaganida