Samsung WF1802NFSS/YLP manual Kir yuvish bo’yicha yo’riqnoma, Qo’lda kir yuvish rejimini o’rnatish

Models: WF1802NFSS/YLP WF1802NFWS/YLP

1 176
Download 176 pages 10.25 Kb
Page 160
Image 160

kir yuvish

Qo’lda kir yuvish rejimini o’rnatish

Sikllar ulagichini ishlatmasdan kir yuvish rejimini qo’lda o’rnatish mumkin.

1.Vodoprovod jo’mragini oching.

2.Kir yuvish mashinasini Вкл./Выкл. (Yoqish/O'chirish) tugmasini bosing.

3.Eshikchani oching.

4.Narsalarni kir yuvish mashinasining barabanida erkin joylashtirib va haddan tashqari yuklanishiga yo’l qo’ymasdan, ularni navbatma-navbat joylashtiring.

5.Eshikchani yoping.

6.Tegishli bo’limlarga kir yuvish vositasi va kerak bu’lsa kir konditsioneri eki dastlabki kir yuvish vositalarni yuklab qo’ying.

7.Kir yuvish haroratini tanlash uchun Темп. (Harorat) tugmasini bosing. (Sovuq, 30°C, 40°C , 60°C, 95°C).

8.Chayishning talab qilinayotgan siklar sonini tanlash uchun Полоскание (Chayish) tugmasini bosing. Eng ko’pi bilan beshta chayish sikllari mavjud.

Kir yuvish davomiyligi tegishli ravishda oshadi.

9.Siqish tezligini tanlash uchun Отжим (Siqish) tugmasini bosing.

Chayishni to’xtatib turish funksiyasi tanlanganda kir yuvish mashinasidan ho’l kirni olish mumkin. ( : Siqishsiz, Barcha indikatorlar o’chirilgan: Chayish ushlanishi)

10.Qoldirilgan kir yuvishni yakunlash uchun mavjud variantlarni ulab yoqish uchun Отложить стирку (Kir yuvish kechiktirish) tugmasini bir necha marta bosing (bir soat qadam bilan 3 soatdan 19 soatgacha). Aks etuvchi vaqt kir yuvishning tugash vaqtini belgilaydi.

11.Kir yuvish siklni ishga tushirish uchun Старт/Пауза (Start/Pauza) tugmasini bosing.

Kir yuvish bo’yicha yo’riqnoma

Eng yuqori tozalikka va kir yuvishning eng yuqori natijalariga erishish uchun ushbu oddiy yo’riqlarga rioya qiling. Kir yuvishdan oldin har doim yorliqdagi belgilarga muvofiq matoning parvarishlash xususiyatlarini tekshiring.

Kirni quyidagi mezonlarga muvofiq saralang va yuving.

Parvarishlash bo’yicha yo’riqnoma yorlig’i: kirni paxta, aralash mato, sintetika, shoyi, jun va viskozadan tayyorlangan narsalarga saralang.

Rang: rangli narsalarni oq narsalardan ajrating. Yangi rangli narsalarni alohida yuving.

O’lcham: bitta siklga o’lchami bo’yicha turli narsalarni yuklash yanada samarali kir yuvishni ta’minlaydi.

Sezuvchanlik: yangi junli narsalar, pardalar va shoyi matolar uchun “Nozik” kir yuvish siklidan foydalanib, nozik matoli narsalarni alohida yuving. Kir yuvish uchun mo’ljallangan narsalarning yorlig’idagi belgilariga yoki ilovadagi matoni parvarishlash bo’yicha axborotga qarang.

Cho’ntaklarni tekshirish

Har bir kir yuvishdan oldin cho’ntaklarni bo’shating. Tanga, pichoq, to’g’nagich va qog’oz uchun qisqichlar kabi kichikroq, qattiq va usli jasmlar borligi kir yuvish mashinasining shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Katta to’qali, tugmali yoki boshqa metalldan yasalgan narsali kirlarni yuvmang.

Kiyimdagi metall elementlari kiyimga va bakka zarar yetkazishi mumkin. Tugmachali va kashtali kiyimlarni yuvishdan oldin teskarisini ag’daring. Agar kir yuvish vaqtida shim va kurtkalarning molniyalari ochiq bo’lsa, ular barabanga, rezina zichlagichiga, eshik oynasiga hamda boshqa kiyimlarga zarar yetkazishi mumkin. Kir yuvishdan oldin molniyalar yopilgan va bog’ich yordamida mahkamlangan bo’lishi kerak.

Uzun bog’ichli kiyim kiyimnig boshqa elementlari bilan chuvalashib ketishi mumkin, bu esa ularga zarar yetkazilishiga olib kelishi mumkin. Kir yuvishdan oldin bog’ichlar mahkamlanganligini tekshiring.

Paxtadan tayyorlangan narsalarni dastlabki yuvish

Kir yuvish mashinasi zamonaviy kir yuvish vositalaridan foydalanganda, elektr quvvati, vaqt, suv va kir yuvish uchun vositalarni tejab kir yuvishning ajoyib natijalarini ta’minlaydi. Biroq, agar paxtadan tayyorlangan narsalar juda ifloslangan bo’lsa, ularni yuvish uchun oqsillar asosidagi kir yuvish uchun vositasi bilan dastlabki kir yuvish dasturidan foydalaning.

28_ kir yuvish

WF1802NFWS-02974B-14_UZ.indd 28

2017/3/8 10:51:34

Page 160
Image 160
Samsung WF1802NFSS/YLP Kir yuvish bo’yicha yo’riqnoma, Qo’lda kir yuvish rejimini o’rnatish, Cho’ntaklarni tekshirish