3.Avval "+" shaklidagi otvyortka yordamida adapterdagi to'rtta vintni bo'shating. Keyin (D) qismni ushlang va 5 mmga yaqin zazor hosil bo'lgunicha (E) qismni mil yo'nalishida aylantiring.

(*): 5 mm

4.Adapterni vodoprovod kraniga biriktiring va adapterni yuqoriga ko'targan holda vintlarni tarang qilib torting.

Keyin (E) qismni mil yo'nalishida aylantirgan holda adapterni mahkamlang.

5.Suv quyish shlangini adapterga ulang. (F) qismi adapterga bosilsa, shlang tiqillagan tovush chiqargan holda adapterga avtomatik ravishda ulanadi.

Suv quyish shlangini adapterga ulaganingizdan keyin shlangni pastga tortgan holda uning to'g'ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.

OGOHLANTIRISH: Suv quyish shlangining o'ralib qolmaganligi yoki buklanmaganligini tekshiring. Agar shlang o'ralgan yoki bukilgan bo'lsa, suvning oqib ketishi xavfi va suvning oqib ketishi tufayli elektr toki urishi xavfi mavjud bo'ladi. Zarur bo'lgan hollarda siz L shaklidagi nasadkani bo'shatish va qaytadan taranglashtirish orqali suv quyish shlangini kir yuvish mashinasiga qaytadan joylashtirishingiz mumkin.

6.Suvni oching va suv quyish klapani, kran yoki adapterdan suv oqib chiqmayotganligiga ishonch hosil qiling. Agar suv oqib chiqayotgan bo'lsa, avvalgi qadamlarni takrorlang.

OGOHLANTIRISH: Suv oqib chiqayotgan hollarda kir yuvish mashinasidan foydalanmang. Bu elektr toki urishi yoki jarohatlanishga olib kelishi mumkin.

Agar vodoprovod krani rezbali bo'lsa, suv quyish shlangini kranga rasmda ko'rsatilgani kabi birlashtiring.

D

E

F

E

Suv quyish uchun eng qulay bo'lgan vodoprovod kranidan foydalaning. Kran to'rtburchak shaklga yoki haddan tashqari katta diametrga ega bo'lgan hollarda adapterni vodoprovod kraniga birlashtirishdan avval oraliq halqani chiqarib oling.

O’zbek - 16

F500E-03367T-00_UZ.indd 16

6/23/2016 2:12:23 PM

Page 152
Image 152
Samsung WF90F5E5U4W/LP, WF90F5EGU4W/LP manual ’zbek