5-QADAM - Kir yuvish mashinasini elektr tarmog‘iga ulash

Elektr manbaiga ulash kabelini devordagi saqlagich yoki avtomatik vklyuchatel bilan himoyalangan 220-240 V, 50 Gsli ruxsat berilgan rozetkaga ulang. (Elektr ta'minoti va yerga ulashga bo'lgan talablar to'g'risida qo'shimcha ma'lumot olish uchun 12-betdagi "Elektr ta’minoti va yerga ulash" bo'limiga qarang.)

Sinovdan o‘tkazish

O'rnatish tugallanganidan keyin Полоскание+Отжим (Chayish+Siqish) siklini ishlatib ko'rish orqali kir yuvish mashinasining to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling.

6-QADAM - Kalibrlash rejimini ishlatish

Ushbu Samsung kir yuvish mashinasi yuviladigan kirlar og‘irligini avtomatik ravishda aniqlaydi. Og'irlikni aniqroq o‘lchash uchun kir yuvish mashinasini o'rnatgan zahoti Режим калибровки (Kalibrlash rejimi) ni ishlatish tavsiya qilinadi. Режим калибровки (Kalibrlash rejimi) ni ishlatish uchun quyidagi qadamlarni bajaring.

Режим калибровки (Kalibrlash rejimi) ni ishlatishdan avval bakning ichida yoki kir yuvish mashinasining ustida hech nima yo'qligiga ishonch hosil qiling.

1.Kir yuvish mashinasini o‘chiring.

2.Темп. (Haror.) va Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) tugmalarini bir vaqtda bosib turgan holda Quvvat tugmasini bosing. Mashina yonadi va displeyda "CLB" ko‘rinadi.

3.Режим калибровки (Kalibrlash rejimi) ni ishga tushirish uchun Boshlash/To‘xtatish tugmasini bosing.

4.Baraban 3 daqiqacha soat mili yo‘nalishida va soat miliga qarama-qarshi yo‘nalishda aylanadi.

5.Режим калибровки (Kalibrlash rejimi) tugallanganidan keyin displeyda "End (Tugallandi)" (yoki “0”) ko‘rsatilib, mashina avtomatik tarzda o‘chadi.

6.Kir yuvish mashinasi foydalanish uchun tayyor.

O’zbek - 18

F500E-03367T-00_UZ.indd 18

6/23/2016 2:12:24 PM

Page 154
Image 154
Samsung WF90F5E5U4W/LP manual Qadam Kir yuvish mashinasini elektr tarmog‘iga ulash, Qadam Kalibrlash rejimini ishlatish