O‘rnatish talablariga muvofiqlik
Elektr ta’minoti va yerga ulash
OGOHLANTIRISH: Uzaytirgichdan foydalanmang.
Faqat kir yuvish mashinasi bilan berilgan elektr manbaiga ulash shnuridan foydalaning.
O‘rnatishga tayyorlashda quvvat manbaining quyidagi talablarga javob berishiga ishonch hosil qiling:
•220 - 240 V / 50 Gz kuchlanishli predoxranitel yoki avtomatik vklyuchatel
•Kir yuvish mashinasi uchun mo‘ljallangan alohida elektr taqsimlagich
Kir yuvish mashinasi yerga ulangan bo‘lishi kerak. Kir yuvish mashinasi to‘g‘ri ishlamagan yoki ishdan chiqqan hollarda, yerga ulangani tufayli tok eng kam qarshilikli yo‘nalishga ketib, tok urishi xavfi kamayadi.
Kir yuvish mashinasi yerga ulangan rozetkada foydalanish uchun mo‘ljallangan yerga ulash kabeliga ega bo‘lgan uch shtirli elektr manbaiga ulash kabeli bilan birga beriladi.
OGOHLANTIRISH: Yerga ulash simini hech qachon plastik vodoprovod, gaz liniyalari yoki issiq suv quvuriga ulamang.
Yerga ulash simining noto‘g‘ri ulanishi tok urishiga olib kelishi mumkin. Kir yuvish mashinasini yerga ulashning to‘g‘ri bajarilganligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, maslahat olish uchun malakali elektrik yoki texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassisga murojaat qiling.
DIQQAT: Kir yuvish mashinasi bilan birga berilgan elektr manbaiga ulash vilkasini o‘zgartirmang. Agar vilka rozetkaga mos kelmasa, tegishli rozetkani o‘rnatish uchun malakali elektrikka murojaat qiling.
Suv quyish
Suv bosimi 50 kPadan 800 kPagacha bo‘lsa, kir yuvish mashinasiga suv tegishlicha quyiladi. Suv bosimi 50 kPadan past bo‘lsa, suv klapani yaxshi ishlamay, to‘liq yopilmasligi mumkin. Haddan tashqari baland bo‘lsa, kir yuvish mashinasining boshqaruv tizimi suv bosimini boshqara olmay qolishi va kir yuvish mashinasini o‘chirib qo‘yishi mumkin. (Boshqaruv tizimida kir yuvish mashinasini to‘ldirish vaqti uchun cheklanish o‘rnatilgan, bu ichki shlang bo‘shab qolgan hollarda ortiqcha suv quyilishi yoki suvning toshib ketishini oldini olishga imkon beradi.)
Kir yuvish mashinasi bilan berilgan shlanglar kir yuvish mashinasini vodoprovodga ulash uchun yetarli bo‘lishi uchun vodoprovod kranlari kir yuvish mashinasining orqa devoridan 120 smdan ko‘p bo‘lmagan masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
Ko‘pgina santexnika mahsulotlari sotiladigan do‘konlarda uzunligi ko‘pi bilan 305 smgacha bo‘lgan turli uzunliklardagi shlanglar sotiladi.
Quyidagilarni bajarish orqali siz suvning oqib ketishi va bu orqali yetkaziladigan zararlarning vujudga kelish xavfini kamaytirishingiz mumkin:
•Suv kranlaridan osongina foydalanishni ta’minlash.
•Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranlarni yopib qo‘yish.
•Shlang prokladkalari orqali suvning oqib ketmayotganligini
OGOHLANTIRISH: Kir yuvish mashinasidan ilk marta foydalanishdan avval shlanglarning suv klapani va vodoprovod kranlariga ulanadigan joylaridan suv sizmayotganligini tekshiring.
O’zbek - 12
6/23/2016 2:12:21 PM