Samsung WF90F5EGU4W/LP Kir yuvish mashinasini tozalash, Eko baraban tozalash, Tozalash tartibi

Models: WF90F5EGU4W/LP WF90F5E5U4W/LP

1 184
Download 184 pages 45.54 Kb
Page 167
Image 167

Kir yuvish mashinasini tozalash

Kir yuvish mashinasini toza tutish uning ishlashini yaxshilaydi, keraksiz ta’mirlashlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va uning ishlash muddatini uzaytiradi.

DIQQAT: Hech qachon kir yuvish mashinasi ichida kirlar bo'lgan holda Очистка барабана Eco (Eko baraban tozalash) siklini ishlatmang. Bu kirlarning shikastlanishiga yoki kir yuvish mashinasi bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin.

Eko baraban tozalash

Bu barabanni ichida to‘planib qolishi mumkin bo‘lgan mog‘orlar yoki kirlarni ketkazuvchi o‘z-o‘zini tozalash siklidir.

Tozalash tartibi

1.Yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.

2.Переключатель режимов (Sikl tanlagich) ni burab, Очистка барабана Eco (Eko baraban tozalash) siklini tanlang.

Очистка барабана Eco (Eko baraban tozalash) siklida faqat Отсрочка (Kir yuvishni kechiktirish) funksiyasini ishlatish mumkin.

Очистка барабана Eco (Eko baraban tozalash) sikli davomida suv harorati 70 ˚C qilib o'rnatiladi.

Suv haroratini o‘zgartirib bo‘lmaydi.

3.Очистка барабана Eco (Eko baraban tozalash) siklini boshlash uchun Boshlash/ To‘xtatish tugmasini bosing.

Barabanni tozalash uchun hech qanday tozalash vositalaridan foydalanmang. Barabandagi kimyoviy qoldiqlar yuvish samaradorligini pasaytiradi.

Eko baraban tozalashning avtomatik signal berish funksiyasi

Yuvishdan keyin barabanni tozalash kerakligi aniqlansa, displeyda “Очистка барабана Eco (Eko baraban tozalash) ” indikatori va Переключатель режимов (Sikl tanlagich) da tegishli chiroq yonadi. Bu holda kirlarni kir yuvish mashinasidan oling, mashinani o'chiring va Очистка барабана Eco (Eko baraban tozalash) siklini ishga tushirish orqali barabanni tozalang.

Agar Очистка барабана Eco (Eko baraban tozalash) siklini bajarmasangiz, displeydagi Очистка барабана Eco (Eko baraban tozalash) indikatori va Переключатель режимов (Sikl tanlagich) dagi tegishli chiroq o‘chadi. Ikki marta kir yuvilgandan keyin ular yana yonadi. Shuni yodda tutingki, bu kir yuvish mashinasi bilan bog‘liq muammo borligini bildirmaydi.

Garchi Eko baraban tozalash avtomatik signali funksiyasidan odatda oyiga bir marta foydalanilsa ham ushbu son kir yuvish mashinasidan qanday foydalanilayotganligiga bog'liq ravishda o'zgarishi mumkin.

Agar signal ishga tushsa, chiqindi filtrini ham tozalang (33-betdagi "Chiqindi filtrini tozalash" bo'limiga qarang). Bunday qilmaslik Eco Bubble funksiyasining ishlash samaradorligini pasaytirishi mumkin.

  04TOZALASH

O’zbek - 31

F500E-03367T-00_UZ.indd 31

6/23/2016 2:12:30 PM

Page 167
Image 167
Samsung WF90F5EGU4W/LP, WF90F5E5U4W/LP manual Kir yuvish mashinasini tozalash, Eko baraban tozalash, Tozalash tartibi