Kir yuvish mashinasiga texnik xizmat ko‘rsatish

Muzlab qolgan kir yuvish mashinasini ta'mirlash

Agar harorat muzlash darajasidan pastga tushsa va kir yuvish mashinasi muzlab qolgan bo'lsa:

1.Kir yuvish mashinasini elektr rozetkasidan uzing.

2.Shlang(lar)ni ajratib olish uchun shlanglar ulangan vodoprovod krani ustidan iliq suv quying.

3.Kir yuvish mashinasiga suv quyish kranini yoping.

4.Suv quyish shlangini uzing va uni iliq suvga botiring.

5.Kir yuvish mashinasi barabani ichiga iliq suv quying va uni 10 daqiqaga barabanda qoldiring.

6.Suv quyish shlangini yana kir yuvish mashinasi va vodoprovod kraniga ulang va suv quyish va chiqarish tizimlarining to'g'ri ishlayotganligini tekshiring.

Kir yuvish mashinasini saqlash

Agar kir yuvish mashinasini uzoq vaqt davomida saqlash zarur bo'lib qolsa, suvlarni chiqarib tashlagan va kir yuvish mashinasini rozetkadan uzib qo'ygan ma'qul. Agar saqlashdan avval shlanglar va ichki qismlarda suv qolsa, kir yuvish mashinasi shikastlanishi mumkin. Kir yuvish mashinasini saqlash uchun quyidagicha tayyorlang:

1.Хлопок (Paxta) siklini tanlab, 15’ Быстрая стирка (15' tezkor yuvish) tugmasini bosing va kir solmagan holda mashinani shu siklda ishlating.

2.Kir yuvish mashinasini elektr rozetkasidan uzing.

3.Kir yuvish mashinasiga suv quyish kranini yoping.

4.Barcha suv quyish shlanglarini ajratib oling va ularni keyinchalik kir yuvish mashinasidan foydalanilganda, osongina olish mumkin bo‘lgan xavfsiz joyda saqlang.

5.Havo barabanni ichida aylana olishi uchun kir yuvish mashinasi eshigini ochiq qoldiring.

Agar kir yuvish mashinasi muzlaydigan haroratda saqlangan bo‘lsa, undan foydalanishdan avval mashina ichida qolgan barcha suvlarning erishini kuting.

Biz yana favqulodda suv chiqarish trubkasidan foydalangan holda kir yuvish mashinasidan suvni qo‘lda chiqarishni ham tavsiya qilamiz, bu barcha qoldiq suvlarni chiqaradi.

O’zbek - 35

  05 TEXNIK XIZMAT

F500E-03367T-00_UZ.indd 35

6/23/2016 2:12:31 PM

Page 171
Image 171
Samsung WF90F5EGU4W/LP, WF90F5E5U4W/LP manual Muzlab qolgan kir yuvish mashinasini tamirlash, Kir yuvish mashinasini saqlash