Samsung WF90F5EGU4W/LP, WF90F5E5U4W/LP manual Samsung Smart Washer ilovasini yuklab olish

Models: WF90F5EGU4W/LP WF90F5E5U4W/LP

1 184
Download 184 pages 45.54 Kb
Page 163
Image 163

Smart Check

Ushbu funksiya smartfon orqali kir yuvish mashinasining holatini tekshirish imkoniyatini beradi.

Smart Check funksiyasi quyidagilar uchun optimallashtirilgan:

Galaxy va iPhone seriyasi (ayrim modellarida ishlamaydi)

Samsung Smart Washer ilovasini yuklab olish

Samsung Smart Washer ilovasini mobil telefoningizga Android market yoki Apple App store do‘konidan yuklab olib, o‘rnating. Siz uni "Samsung Smart Washer"ni qidirish orqali osongina topishingiz mumkin.

Smart Check funksiyasidan foydalanish

1.Smart Check funksiyasini ishga tushirishda xatolik yuz berganida, Отжим (Siqish)

va Опция (Opsiya) tugmalarini bir vaqtda 3 soniya bosib turing. Muqobil ravishda, Smart Check funksiyasini kir yuvish mashinasi yoqilgandan keyin hech qanday tugma bosilmagan bo'lsa ham ishga tushirish mumkin.

2.Displey panelidagi LED segmentlar 2-3 soniya aylanadi va Smart Check kodi kir yuvish

mashinasining displey panelida ko‘rsatiladi.

3.Smartfoningizda Samsung Smart Washer ilovasini ochib, Smart Check tugmasini bosing.

Qaysi til tanlanganiga qarab, “Smart Check“ “Smart Care” sifatida o‘zgargan bo‘lishi ham mumkin.

4.Smartfoningiz kamerasini kir yuvish mashinasining displey panelida namoyish qilingan Smart Check kodiga qarating.

Agar kir yuvish mashinasi displey panelida lampochka, flyuoressent lampa yoki lampa yorug‘i aks ettirilsa, smartfon Smart Check kodini osongina taniy olmasligi mumkin.

Agar siz smartfonni displey paneliga nisbatan juda katta burchak ostida ushlab tursangiz, u xatolik kodini taniy olmasligi mumkin. Eng yaxshi natijaga erishish uchun smartfonni shunday ushlangki, displey panelning old yuzasi bilan smartfon parallel yoki deyarli parallel bo‘lsin.

5.Agar u to‘g‘ri qaratilgan bo‘lsa, Smart Check kodi avtomatik ravishda tanib olinadi va kir yuvish mashinasining holati, xatolik va bunga qarshi choralar smartfonda ko‘rsatiladi.

6.Agar smartfon Smart Check kodini ikki martadan ko'proq marta taniy olmasa, kir yuvish mashinasining displey panelida namoyish qilingan Smart Check kodini Samsung Smart Washer ilovasiga qo'lda kiriting.

  03FOYDALANISH

O’zbek - 27

F500E-03367T-00_UZ.indd 27

6/23/2016 2:12:29 PM

Page 163
Image 163
Samsung WF90F5EGU4W/LP, WF90F5E5U4W/LP Samsung Smart Washer ilovasini yuklab olish, Smart Check funksiyasidan foydalanish