3.Kerak bo'lsa, yumshatgich bo'lmasiga tavsiya etilgan miqdordagi mato yumshatgichini soling.
MAX chizig‘idan oshirib yubormang.
Konsentrlangan yoki quyuq mato yumshatgichini bo‘lmaga solishdan avval ozgina suv bilan aralashtirish kerak (to‘silib qolish tufayli suvning toshib ketishini oldini oladi).
DIQQAT: Yumshatgich bo'lmasiga kukunli yoki suyuq kir yuvish vositasini solmang.
4.Dastlabki yuvish funksiyasidan foydalanganda, dastlabki yuvish vositasi bo'lmasiga
tavsiya qilingan miqdorda kir yuvish vositasini soling.
5.Kir yuvish vositasi bo‘lmasini itarib yoping.
Yumshatgich bo‘lmasiga mato yumshatgichini solganingizdan keyin kir yuvish vositasi bo‘lmasini yopayotgan vaqtingizda, mato yumshatgichini toshib ketishiga ehtiyot bo‘ling.
O’zbek - 20
6/23/2016 2:12:25 PM